Pekin aholisi tez qariyapti(mi?)
Pekin shahri 2035-yilga kelib aholisi keskin qarib borayotgan hududlar safiga qo‘shilishi, Xitoy poytaxti har uch fuqarosidan birining yoshi 60 dan oshishi kutilyapti.
O‘tgan yil oxirida ushbu megapolisning 60 yoshdan yuqori doimiy yashovchilari soni 5,29 million kishiga yetgan. Bu umumiy aholining qariyb chorak qismi. Shu bois mahalliy hokimiyat keksalarni qo‘llab-quvvatlab, jumladan yoshga doir nafaqa miqdorini tex ko‘paytirmoqda. O‘z navbatida mamlakat hukumati tug‘ilish ko‘rsatkichi oshirilishini rag‘batlantirish uchun joriy yil taxminan 26,92 milliard dollar sarflashni rejalashtirgan.
Xitoyda aholi soni 2022-yildan buyon qisqaryapti: qarish jarayoni jadal sur’at olgan. Bu holat pensiya byudjeti shunday ham jiddiy bosim ostida qolgan bir payt yuzlab million kishi mehnat bozorini tark etishi bilan bog‘liq. Natijada ichki iste’mol o‘sib, qarzdorlik nazorati bo‘yicha hukumat rejasi murakkablashmoqda. Demograflar va iqtisodchilar ta’kidlashicha, bugungi kunda bolalar kam tug‘ilayotgani kelajakda xonadon soni va iste’mol ortishi sekinlashuviga olib keladi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA