300 ga yaqin maktabga bomba tahdidi, Kim Chen Inning sog‘lig‘i va Seulning Ukrainadagi diplomatlari
Bugungi «Xorij xabarlari» dasturida Shimoliy Irlandiyada 300 ga yaqin maktabga bomba tahdidi yuborilgani, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning komaga tushgani haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan so‘ng jamoatchilik oldida ko‘rinish bergani hamda Janubiy Koreyaning Ukrainadagi elchixona xodimlarini chaqirib olish qarori haqida so‘z yuritamiz.
Shuningdek, Checheniston rahbarining o‘g‘li Adam Qodirov yangi guruh tuzgani, Ruanda prezidentining tanqidchisi Ugandada o‘ldirilgani va Saudiya Arabistonida Makkadagi masjidda sodir etilgan deb ko‘rsatilgan xatti-harakatlar uchun Bangladeshning ikki fuqarosi qatl etilgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Nozimbek Mardonov,
Yoqubjon Melibayev. O‘zA