Muzaffarbek To‘raboyev yarim finalda
Fransiyada davom etayotgan Olimpiadaning dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi 100 kilogrammgacha vazn toifasida chorak final bahsi o‘tkazildi. Unda hamyurtimiz Muzaffarbek To‘raboyev ishtirok etdi.
Ushbu bosqichda Muzaffarbek niderlandiyalik Mishel Korrel bilan bellashdi va ippon bahosi evaziga polvonimiz kutilgan g‘alabani qo‘lga kiritgan holda yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Shu tariqa, yarim finalda Muzaffar polvonga ozarbayjonlik Zelim Kotsoyev raqib bo‘ladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA