IJF prezidenti Islom sivilizatsiyasi markaziga taşrif buyurdi
Bugun, 19-noyabr kuni Toşkent şahrida yoşlar örtasida dzyudo böyiça jahon çempionati bahslari boşlanadi. Musobaqada iştirok etiş uçun poytaxtimizga kelgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer Islom sivilizatsiyasi markaziga taşrif buyurdi.
Martabali mehmonga Özbekiston sport vaziri Adham Ikromov, Milliy Olimpiya qömitasi raisining birinçi örinbosari, Osiyo Olimpiya kengaşi vitse-prezidenti Otabek Umarov, MOQ Boş kotibi Oybek Qosimov, Özbekiston dzyudo federatsiyasi raisi, Osiyo dzyudo ittifoqi vitse-prezidenti Azizjon Kamilov hamda boşqa masʼullar hamrohlik qildi.
Taşrif davomida Marius Vizer markazning muzey ekspozitsiyalari bilan tanişdi. Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan taşkil etilgan mazkur majmua islom sivilizatsiyasining boy merosini asrab-avaylaş, ilmiy örganiş va xalqaro miqyosda tarğib etişga xizmat qiladi. Markazda mintaqaning uç ming yillik tarixi, buyuk ajdodlarimizning ilm-fan va jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qöşgan hissasi aks ettirilgan.
IJF prezidenti «Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar», «Birinçi Renessans», «Ikkinçi Renessans» hamda «Yangi Özbekiston — yangi Renessans» bölimlari ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanişdi. Marius Vizer Özbekistonning tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylaş, örganiş va keng tarğib qiliş borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA