Xalqaro arenalardagi yutuqlar va oldindagi nufuzli musobaqalar tafsiloti
Mamlakatimizda sportning turli yönalişlari böyiça musobaqalar, xalqaro turnirlar va mamlakat çempionatlari davom etmoqda. Dzyudo, oğir atletika, gimnastika, suv polosi va boşqa sport turlarida hamyurtlarimiz yangi natijalarni qayd etib, navbatdagi musobaqalarga tayyorgarlik körmoqda.
Dzyudo. Bugun poytaxtimizda dzyudo böyiça yoşlar örtasidagi jahon çempionati boşlanadi. Olimpiya şaharçasida ötadigan musobaqaning birinçi kunida öğil bolalar örtasida -60, -66, qizlar örtasida esa -48, -52 va -57 kilogramm vazn toifalarida ğolib va sovrindorlar aniqlanadi.Bugungi bellaşuvlarda Özbekiston terma jamoasining 12 nafar vakili ham tatamiga çiqadi.
***
Ot sport. Qozoğistonning Ostona şahrida ot sporti böyiça «FEI Jumping World Cup Eurasian League Final CSI-W Astana 2026» xalqaro musobaqasi ötkazilmoqda. Musobaqa doirasida sport otlari veterinariya körigidan ötkazildi. Bugun, 19-noyabr kuni hamyurtlarimiz ham bahslarga kirişadi. 22-noyabrga qadar davom etadigan mazkur musobaqada sportçilarimiz xalqaro maydonda öz mahoratini namoyiş etadi.
***
Sport kuraşlari. 7–10-dekabr kunlari eşitişida nuqsoni bölgan sportçilar örtasida erkin va yunon-rum kuraşi böyiça ilk bor Özbekiston çempionati taşkil etiladi. Musobaqada U-17 hamda kattalar yoş toifasidagi sportçilar iştirok etadi. Bellaşuvlar Xalqaro kuraş federatsiyasi — UWW qoidalari asosida ötkaziladi. Mamlakat çempionati Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi «Yoşlik» sport maktabida bölib ötadi.
***
Suv polosi. Surxondaryo viloyatida 13 yoşgaça bölgan sportçilar örtasida suv polosi böyiça Özbekiston kubogi musobaqasi yakunlandi. Unda 10 ta jamoa iştirok etdi. Uç kunlik bellaşuvlar natijasiga köra, öğil bolalar örtasida Jizzax viloyati SSTISM jamoasi ğolib böldi. Jizzax viloyatining yana bir jamoasi kumuş, Namangan viloyati vakillari bronza medalga sazovor böldi.
Qizlar örtasida esa «Özbekiston akvatika» jamoasi kubok sohibi böldi. Surxondaryo viloyati ikkinçi, Sirdaryo viloyati jamoasi uçinçi örinni egalladi.
***
Kikboksing. 8–12-dekabr kunlari Navoiy şahrida kikboksçing böyiça Özbekiston çempionati bölib ötadi. «Söğdiyona» sport majmuasida taşkil etiladigan musobaqada kiçik ösmirlar, ösmirlar, yoşlar va kattalar örtasida mamlakatning eng kuçli sportçilari aniqlanadi. Bellaşuvlar «Poynt-fayting», «Kik-layt», «Layt-kontakt», «Lou-kik», «Full-kontakt» va «K-1» yönalişlarida ötkaziladi. Iştirokçilar oltita yoş toifasida bahs olib boradi.
***
Oğir atletika. Şanxay hamkorlik taşkiloti mamlakatlari kubogi doirasida oğir atletika böyiça erkaklar örtasida -60 kilogramm vazn toifasidagi bellaşuvlar yakunlandi. Unda Özbekiston terma jamoasi vakili Asilbek Yusupov ikki kuraş natijasiga köra 254 kilogramm (116+138) natija bilan kumuş medalni qölga kiritdi.
***
Sport gimnastikasi. Toşkent şahrida sport gimnastikasi böyiça xalqaro turnirning saralaş bosqiçi birinçi kuni yakunlandi. Köpkuraş dasturida ösmirlar örtasida Elbrus Jörayev kumuş, yoşlar örtasida Bekzod Baxtiyorov oltin, kattalar örtasida Ravşan Kamiljonov kumuş, Sarvar Abulfaizov esa bronza medaliga sazovor böldi.
Jamoaviy bahslarda Özbekiston terma jamoasi birinçi örinni egalladi. Armaniston ikkinçi, Belarus uçinçi böldi.
***
Tennis. Özbekiston tennis federatsiyasi raisi Botir Rahimov Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi jamoasi hamda federatsiyaning barça bölimlari iştirokida yiğiliş ötkazdi. Unda seleksiya işlari, maktab öquvçilari faoliyati yuzasidan hisobotlar, şuningdek, yoş toifalari böyiça iqtidorli tennisçilarni maktabga qabul qiliş masalalari muhokama qilindi.
***
Paravelosiped. Çirçiq şahrida paravelosiped böyiça Özbekiston çempionati bölib ötdi. Musobaqada sportçilar çempionlik uçun bahs olib bordi. Yakunda ğolib va sovrindorlar Çirçiq şahridagi Olimpiya va paralimpiya sport majmuasida medallar hamda maxsus diplomlar bilan taqdirlandi.
***
Eşkak eşiş. Noyabr oyining ikkinçi yarmida eşkak eşiş sport turlari böyiça bir qator mamlakat musobaqalari ötkaziladi. Jumladan, 19–21-noyabr kunlari Toşkent şahridagi Bözsuv kanalida kattalar örtasida slalomda eşkak eşiş böyiça Özbekiston kubogi, 19–22-noyabr kunlari Toşkent dengizida baydarka va kanoeda eşkak eşiş böyiça Özbekiston çempionati taşkil etiladi.
Şuningdek, 23–26-noyabr kunlari Samarqand şahrida yoşlar, 26–29-noyabr kunlari esa kattalar örtasida akademik eşkak eşiş böyiça Özbekiston kubogi musobaqalari bölib ötadi.
Javohir Toşxöjayev, ÖzA