Termiz oçiq xalqaro turnirga puxta hozirlik körmoqda
Joriy yilning 21-noyabr kuni Termiz şahrida buyuk alloma Hakim Termiziy tavalludining 1200-yilligiga bağişlab “Mardlar maydoni” şiori ostida kuraş böyiça oçiq xalqaro turnir bölib ötadi.
Prezidentimizning joriy yil 24-iyuldagi “Buyuk vatandoşimiz, hadis va tasavvuf ilmining yetuk namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori ijrosi doirasida ötkazilayotgan bellaşuvning sovrin jamğarmasi 36 ming 500 dollarni taşkil etadi.
Maʼlumotlarga köra, qiziqarli lahzalarga boy böladigan xalqaro turnirda mamlakatimizning kuragi yerga tegmagan polvonlari va Afğoniston, Hindiston, Eron, Turkmaniston, Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston kabi davlatlardan yuzdan ortiq kuraşçi -73 kilogramm, -81 kilogramm va mutlaq vazn toifalarida ğoliblik uçun gilamga tuşadi.

Ayni paytda Termiz şahrida nufuzli bellaşuvni yuksak saviyada ötkaziş va mehmonlarni kutib olişga qizğin tayyorgarlik körilmoqda.
Xolmömin Mamatrayimov, ÖzA