Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyani viloyat hokimi Botir Zaripov boshqarib bordi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Jamol Nosirov sog‘ligi yomonlashganligi munosabati bilan Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etishni so‘rab, ariza bilan murojaat qilgan.
Viloyat hokimi Jamol Nosirovni Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirdi.
Ayni vaqtga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Issiqlik ta’minotini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Qurbon Tursunov Ibragimovich Buxoro shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri