Ro‘yxatning boshida metan gaz o‘rin olgan bo‘lsa, quyi pog‘onalarda shakar va propan gaz joy olgan.
Soliq qo‘mitasi 2024-yilning I choragida eng ko‘p sotilgan mahsulotlar ro‘yxatini e’lon qildi. O‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, quyidagi mahsulotlar eng ko‘p sotilgan.
Metan gaz – umumiy realizatsiya summasi 3,4 trln., benzin AI-80 – 2,6 trln. so‘mga sotilgan.
Avia chipta (xalqaro) – 2,3 trln. so‘m, benzin AI-92 – 1,2 trln. so‘m, 1-navli bug‘doy uni – 1,1 trln. so‘m, uyali telefonlar – 638,3 mlrd. so‘m, fast-fud – 613 mlrd. so‘m, kungaboqar yog‘i – 543,1 mlrd. so‘m, asosiy go‘shtli taomlar – 470,2 mlrd. so‘mga sotilgan.
Shuningdek, pishiriqlar – 427,4 mlrd. so‘m, sigaretlar – 418,1 mlrd. so‘m, alkogolsiz ichimliklar – 399,4 mlrd. so‘m, mehmonxona xizmatlari – 394,9 mlrd. so‘m, shakar – 378,5 mlrd. so‘m, propan gaz – 374,5 mlrd. so‘mni tashkil etadi.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA