Zulfiya mukofoti uçun Farğonada 162 nafar qiz bellaşdi
Farğona şahrida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralaş böyiça tanlovning viloyat bosqiçi ötkazildi. Unda 19 ta şahar va tumandan saralangan 162 nafar iqtidorli qiz iştirok etdi.
Tadbirda Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari Mukarram Ahmedova hamda Farğona viloyati hokimi örinbosari, viloyat Oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği Komila Kavlonova qatnaşdi.
Qayd etilganidek, tanlovning quyi bosqiçlarida qariyb ikki ming nafar qiz öz bilimi va mahoratini namoyon etdi. Tadbirda viloyat bosqiçiga yöllanma olgan iştirokçilarning yutuqlari eʼtirof etilib, ularga muvaffaqiyat tiladi. Tanlov iqtidorli qizlarni aniqlaş, ularning qobiliyatini rivojlantiriş va yutuqlarini rağbatlantirişga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga 14 yoşga tölgan va 30 yoşdan oşmagan iqtidorli qizlar daʼvogar bölişi mumkin. Nomzodlarning fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, tibbiyot, axborot texnologiyalari hamda jamoatçilik faoliyati böyiça erişgan yutuqlari inobatga olinadi.
Tadbirda hakamlar hayʼati aʼzolari taniştirilgaç, nomzodlarni baholaşga kirişildi. Hakamlar talabgorlarning ijodiy işlari, ijtimoiy-siyosiy bilimi, milliy qadriyatlar va urf-odatlar haqidagi tuşunçalari, turli tanlovlardagi iştiroki hamda öz yönalişida erişgan natijalarini belgilangan mezonlar asosida körib çiqdi.
[gallery-32635]
Viloyat bosqiçi natijalariga köra, eng munosib deb topilgan nomzodlar Respublika komissiyasiga tavsiya etiladi.
Muqimjon QODIROV (surat), ÖzA