Germaniyaning yirik moda brendi bilan töqimaçilik sohasida barqaror hamkorlik istiqbollari körib çiqildi
“Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi va Germaniyaning “Tom Tailor” brendi örtasidagi muzokaralar mamlakatimizda xalqaro buyurtmalarni joylaştirişdagi asosiy tösiqlarni körsatib berdi. Uşbu muammolarni hal etiş uçun qanday rejalar tuzilmoqda?
Har qanday sohaning özini munosib namoyon etişida tajriba va xalqaro maydonga çiqiş muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, tadbirkorlikda bu alohida örin tutadi. Şu bois yurtimizda sönggi yillarda tösiqsiz xalqaro hamkorlik örnatiş tizimi izçil takomillaştirilmoqda. Bunda özaro işonç va yuqori natija asosiy omil bölayotgani ham ayni haqiqat.
Ana şunday imkoniyatlardan unumli foydalaniş maqsadida “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi hamda Germaniyaning xalqaro kiyim-keçak va moda brendi sanalgan “Tom Tailor” vakillari örtasida onlayn muzokaralar ötkazildi.
Muloqot davomida “Tom Tailor” vakillari mahalliy korxonalarda işlab çiqariş buyurtmalarini joylaştiriş imkoniyatlarini çeklayotgan asosiy omillarga alohida töxtaldi. Xususan, tizimli yeçim talab etadigan muhim masalalardan biri sifatida işlab çiqariş jarayonlarining şaffofligi, yaʼni buyurtmalar ijrosini nazorat qiliş va barça bosqiçlarni kuzatib boriş mexanizmlari yetarli darajada rivojlanmagani qayd etildi. Şuningdek, xalqaro brendlar talablariga javob beradigan furnitura, aksessuarlar va boşqa butlovçi qismlar bilan mahalliy taʼminot assortimentining çeklangani körsatib ötildi. Bundan taşqari, xalqaro buyurtmaçilar bilan işlaş tajribasiga ega, sifat standartlari va global bozor talablarini çuqur tuşunadigan mutaxassislar yetişmasligi, kadrlar salohiyati va kasbiy kompetensiyalarni kuçaytiriş zarurligiga eʼtibor qaratildi.
Muloqot çoğida qayd etilgan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan tizimli yeçimlar ham ilgari surildi. “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi mazkur masalalarni kompleks hal etiş, işlab çiqariş şaffofligini oşiriş, mutaxassislar salohiyatini rivojlantiriş hamda korxonalarni “Tom Tailor” talablariga bosqiçma-bosqiç tayyorlaş böyiça qöşma “Yöl xaritasi”ni işlab çiqişni taklif etdi. Taşabbusning asosiy maqsadi xalqaro buyurtmaçilarning mahalliy işlab çiqaruvçilarga bölgan işonçini mustahkamlaş va korxonalarda buyurtmalarni joylaştiriş uçun amaliy şart-şaroitlar yaratişdan iborat ekani taʼkidlandi.
Muzokaralar yakunida tomonlar ustuvor yönalişlarni belgilaş va keyingi amaliy qadamlarni muvofiqlaştiriş maqsadida navbatdagi işçi uçraşuvni taşkil etişga kelişib oldi.
Maʼlum qilinişiça, ayni paytda “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi mahalliy işlab çiqaruvçilar va xalqaro brendlar örtasidagi hamkorlikni tubdan takomillaştirişga qaratilgan keng kölamli loyiha ustida iş olib bormoqda.
Loyiha korxonalarning işlab çiqariş tayyorgarligini oşiriş, jarayonlar şaffofligini taʼminlaş, mutaxassislarni tayyorlaş va xalqaro standartlarga mos amaliy mexanizmlarni joriy etişni nazarda tutadi. Bundan közlangan asosiy maqsad muzokaralardan aniq yeçimlarga, bir martalik buyurtmalardan esa uzoq muddatli hamkorlikka ötişdan iborat.
Şerbek Islomov, ÖzA