«Bir nuroniy — ön yoşga masʼul» tanlovi ğoliblari aniqlandi
Farğona davlat universitetida «Bir nuroniy — ön yoşga masʼul» körik-tanlovining respublika bosqiçi yakunlandi.
Tanlov Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasi hamda Farğona viloyati hokimligi hamkorligida taşkil etildi. Unda hududiy bosqiçlarda ğolib bölgan nuroniylar iştirok etdi.
Körik-tanlov nuroniylarning hayotiy tajribasi, bilimi va maʼnaviy salohiyatidan yoşlar tarbiyasida samarali foydalaniş hamda avlodlar örtasidagi hamjihatlikni mustahkamlaşga qaratilgan. Iştirokçilar öz çiqişlarida yoşlar bilan işlaş tajribasi, bu borada amalga oşirgan işlari va erişgan natijalari haqida sözlab berdi.
Tanlov yakuniga köra, farğonalik Munisxon Hasanboyeva birinçi örinni egalladi. Samarqand viloyatidan Norbobo Şokirov va Xorazm viloyatidan Şarofat Xudoyberganova ikkinçi örinni qölga kiritdi. Uçinçi örin Namangan viloyatidan Abduqahhor Rahimov hamda Qoraqalpoğiston Respublikasidan Gulaş Zarimovaga nasib etdi.
Taqdirlaş marosimida tanlovning boşqa iştirokçilariga ham turli nominatsiyalar böyiça faxriy yorliq va taşakkurnomalar topşirildi. Farğona viloyati hokimi örinbosari Şerzod Polvonov viloyat hokimi Xayrullo Bozorov nomidan mehmonlar va iştirokçilarga minnatdorlik bildirdi.
[gallery-32638]
Marosimda «Nuroniy» jamğarmasi Farğona viloyati bölimining yoşlar tarbiyasi va ularni qöllab-quvvatlaş borasidagi faoliyati ham eʼtirof etildi. Bölim raisi Zokirjon Rahmonovga «BYD Chazor» rusumli xizmat avtomobili tantanali ravişda topşirildi.
Muqimjon QODIROV (surat), ÖzA