Navoiy, Namangan va Qöqonda “Umra” ziyorati bahonasida firibgarlik qilgan şaxslar uşlandi
Bugungi kunda fuqarolarning “Umra” ibodatini ado etişlari uçun keng imkoniyatlar berilgan.
Ammo ayrim şaxslar tomonidan fuqarolarni “Umra” ziyoratiga belgilangan tartib-qoidalarga zid ravişda, noqonuniy yöllar bilan yuborişga uriniş holatlari uçrab turibdi. Oqibatda, insonlar ziyoratga boriş umidida mablağ töplab, turli vaʼda va bahonalar bilan sarson-sargardon bölmoqda.
Bu kabi salbiy holatlarga çek qöyiş yuzasidan DXX tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida muntazam ravişda faol tadbirlar ötkazilmoqda.
Xususan, Navoiy viloyatida ötkazilgan faol tadbirda Qiziltepa tumanida yaşovçi, 1979-yilda tuğilgan şaxs göyoki “Umra” ziyoratiga yuboruvçi turistik firmalardagi yaqin tanişlari orqali 2 nafar fuqaroni ziyoratga yuboriş evaziga firibgarlik yöli bilan 2500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi. Uşbu şaxsga nisbatan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan şahrida yaşovçi, 1981-yilda tuğilgan şaxs ham özini turistik firma vakili sifatida taniştirib, 3 nafar fuqaroni “Umra” ziyoratiga yuboriş evaziga jami 3150 AQŞ dollari talab qiladi.
Ötkazilgan faol tadbirda mazkur şaxs oldindan 1100 dollarni olgan vaqtda uşlangan. Maʼlum bölişiça, u muqaddam bir neça marotaba firibgarlik bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan va hozirda JKning 168-moddasi 4-qismi böyiça probatsiya nazorati ostida jazo muddatini ötayotgan bölgan. Hozirda unga nisbatan ham JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolarni noqonuniy “Umra” ziyoratiga yuboriş bilan boğliq yana bir faol tadbir Qöqon şahrida ham ötkazildi. Unda turistik firma rahbari “Umra” ziyoratini taşkil etiş huquqiga ega bölmay turib, 2 nafar fuqaroni muqaddas ziyoratga yuboriş evaziga jami 2300 AQŞ dollarini olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlandi. Uşbu şaxsga nisbatan JKning 25, 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda şu kabi qonunbuziliş holatlariga duç kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qönğiroq qilib, xabar bering. Şaxsingizning sir saqlanişi kafolatlanadi.
ÖzA