Xorazmda Yangi Özbekiston ziyolilari muloqoti
Urganç şahrida “Yangi Özbekiston ziyolilari – milliy yuksaliş tayançi!” şiori ostida Xorazm viloyati ziyolilarining muloqoti bölib ötdi.
Unda Xorazm vohasining taniqli olim va akademiklari, professor-öqituvçilari, yozuvçi va şoirlari, madaniyat va sanʼat namoyandalari, jurnalistlar hamda taşabbuskor yoşlar iştirok etdi.
Nufuzli tadbirning tantanali oçiliş marosimida Xorazm viloyati hokimi Jörabek Rahimov iştirok etib, nutq sözladi.
Muloqotlarda dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş jarayonida ziyolilarning örni, taşabbuskorligi va faol iştirokini oşiriş kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.
Tantanali tadbirdan söng muloqotlar şuʼbalarga bölingan holda davom etdi.
Muhokamalarda respublikadan taşrif buyurgan va mahalliy ziyolilar ikki kun davomida milliy özlik va qadriyatlarni asrab-avaylaş, jamiyatda hamjihatlikni mustahkamlaş, yoşlar tarbiyasida oila va mahallaning örnini oşiriş, ona tili va adabiyotni rivojlantiriş, tarixiy xotirani mustahkamlaş, madaniyat va sanʼatni qöllab-quvvatlaş kabi masalalarga alohida ahamiyat berildi.
Şuningdek, inson kapitalini rivojlantiriş, ilm-fan va taʼlim sifatini oşiriş, soğliqni saqlaş tizimini takomillaştiriş, innovatsion taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş, yoşlarning intellektual va ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş hamda taʼlim va tarbiya uyğunligini taʼminlaş yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
– Bugungi globallaşuv va raqamli texnologiyalarning rivojlanişi davrida, ayniqsa, geosiyosiy vaziyatlarda yoşlarimizda mafkuraviy immunitetni şakllantiriş muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Urganç davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova. – Bunda jamiyatimizdagi ziyolarning örni nihoyatda muhim. Aynan Uçinçi Renessansni barpo etişda, yoşlarimizni tarbiyalaşda, birgalikda Yangi Özbekistonni bunyod etişimizda ziyolilarimizning kömagidan albatta foydalanişimiz lozim. Ularning taşabbuslarini esa bugungi özaro muloqotlarda jamlab, davlatimizning rivojlanişiga hissa qöşadigan takliflar işlab çiqilmoqda.
Ziyolilar muhokamalarda jamiyat hayoti va taraqqiyotiga oid ilğor fikrlarini bevosita eşitiş, joylarda kötarilayotgan dolzarb ijtimoiy-maʼnaviy masalalarni oçiq muloqot şaklida muhokama qilişdi. Mavjud muammolarning yeçimi böyiça ilmiy asoslangan amaliy taklif va taşabbuslarni berişdi.
– Bizning şuʼbamizda zamonaviy özbek adabiyoti, kitobxonlik madaniyati, tarjima nazariyasi bilan boğliq masalalar muhokama uçun mavzu böldi, – deydi Urganç innovatsion universiteti “Özbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti, şoira Sayyora Samandarova. – Bu suhbatning tarkibida iştirok etayotgan olimlar, yozuvçilar, şoirlar, ijodkorlar, madaniyat, sanʼat va ilm-fan namoyandalari yoşlarimizning tafakkuriga zamonaviy özbek adabiyotining boy ilmiy, maʼnaviy merosimizni yanada taʼsirçan usullar orqali yetkazişdi. Misol uçun şevalarni saqlab qoliş orqali uning milliy koloritini keyingi avlodlarga ham yetkaziş albatta olimlarning oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi.
Samimiy muloqot va qizğin muhokamalar davom etgan şuʼbalarda olimlar, pedagoglar, ijodkorlar, tibbiyot xodimlari, soha mutaxassislari va jamoatçilik vakillarining tajriba hamda taşabbuslari birlaşdi. Har bir taşabbusda esa hududlarning öziga xos ehtiyojlari ham inobatga olindi.
– Xorazm vohasi qadimdan buyuk allomalar va ajdodlarimizning beşigi bölgan, – deydi Özbekiston Respublikasi xalq artisti Tohir Saidov. – Bu yerda Jaloliddin Manguberdi, Al-Xorazmiy, Beruniy, Najmiddin Kubro, Ogahiy, Az-Zamaxşariy kabi buyuk insonlar yetişib çiqqan. Ana şu buyuk insonlarning qaynoq qoni tomirimizda oqib turibdi. Yaqin tarixga nazar solsak, Omon Matçon, Erkin Samandar, Matnazar Abdulhakim, Sanʼat Devonov kabi insonlarning hayoti va ijodini ham unutmasligimiz kerak. Buni farzandlarimizga bugun mana şu ziyolilarimizning muloqoti va takliflari orqali yanada taʼsirçanroq qilib yetkazmoqda. Bu yerda kötarilgan takliflarning barçasini men dolzarb deb bilaman.
[gallery-32510]
Xullas, ikki kunlik muloqot ziyolilarning ilmiy, intellektual va ijodiy salohiyatini Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar bilan uyğunlaştiriş, jamiyat hayotidagi faol iştirokini kengaytiriş hamda hududlardagi dolzarb masalalar yuzasidan amaliy taşabbuslarni örganiş va yiğib oliş uçun muhim muloqot maydoni böldi.
Ahmadjon Şokirov,
Behzod Saidov(surat),
ÖzA muxbirlari