Özbekistonga 252,5 million dollarlik aktivlar qaytariladi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmatining xabar berişiça, Özbekiston Respublikasi va Şveysariya Konfederatsiyasi örtasida noqonuniy özlaştirilgan aktivlarning navbatdagi qismini mamlakatimizga qaytariş böyiça bitim tasdiqlandi.
24-noyabr kuni tasdiqlangan kelişuvga muvofiq, 252,5 million AQŞ dollari "Işonç - 2030" trast jamğarmasi orqali aholining ijtimoiy farovonligini oşiriş va inson kapitalini rivojlantirişga yönaltiriladi.
Resurslarni taqsimlaş strategiyasining ikkinçi bosqiçiga oid hujjat Özbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Otabek Fozilkarimov, Şveysariyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elçisi Simone Giger hamda BMTning Özbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl tomonidan imzolandi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Özbekiston, Şveysariya va BMT hamkorligida taşkil etilgan "Işonç" jamğarmasi musodara qilingan aktivlarni Özbekiston xalqi manfaatlari yölida qaytariş va ulardan samarali foydalanişga xizmat qiladi. Mablağlar BMT va Jahon banki iştirokidagi dasturlar orqali şaffoflik va jamoatçilik nazorati tamoyillari asosida sarflanadi.

Jamğarmaning birinçi bosqiçida soğliqni saqlaş va taʼlim sohalariga 87 million dollar yönaltirilgan. Uşbu mablağlar onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş, perinatal yordamni yaxşilaş, taʼlim sifatini oşiriş hamda öqituvçilarning raqamli könikmalarini rivojlantirişga xizmat qilgan.
Ikkinçi bosqiçda mablağlar ikki ustuvor yönalişga yönaltiriladi. Soğliqni saqlaş sohasida bolalar va ösmirlarga tibbiy yordamni takomillaştiriş, kasalliklarni erta aniqlaş va davolaş imkoniyatlarini kengaytiriş, tibbiyot xodimlari malakasini oşiriş közda tutilgan. Taʼlim yönalişida esa maktab infratuzilmasini yaxşilaş, yangi maktablar quriş, raqamli texnologiyalarni joriy etiş va öqituvçilar malakasini oşirişga eʼtibor qaratiladi.
Bunda, ayniqsa, qişloq hududlari va ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyati çeklangan aholi qatlamini qöllab-quvvatlaş ustuvor ahamiyat kasb etadi. Şuningdek, mablağlarning maqsadli sarflanişi, loyihalar samaradorligini baholaş va fuqarolik jamiyati vakillarining mustaqil monitoringdagi iştiroki taʼminlanadi.
Yangi kelişuv Özbekiston va Şveysariya örtasida noqonuniy olib çiqilgan aktivlarni qaytariş hamda ularni aholi farovonligiga yönaltiriş borasidagi hamkorlik izçil davom etayotganini körsatadi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA