"Öztransgaz": magistral gaz tarmoqlarida tayyorgarlik rejasi ortiği bilan bajarildi
Mamlakatimizda kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obʼektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlaş magistral gaz quvurlari, kompressor stansiyalari hamda boşqa texnologik inşootlarning işonçli faoliyatiga boğliq. Şu maqsadda "Öztransgaz" aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2026/2027-yillar kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida keng kölamli işlar amalga oşirildi.
Bu haqda jamiyatda magistral gaz tarmoqlari va inşootlarini mavsumga tayyorlaş jarayonida bajarilgan işlarga bağişlangan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Tadbirda "Öztransgaz" AJ Magistral gaz quvurlarini ekspluatatsiya qiliş departamenti boşliği Ötkir Nuriddinov amalga oşirilgan işlar va kelgusi yil rejalari haqida axborot berdi.
Qayd etilganidek, hisobot davrida magistral gaz quvurlarining nuqsonli uçastkalarini almaştiriş böyiça 59,7 kilometr quvur yangilanib, reja 108 foizga bajarilgan. Quvurlarning içki sirtini maxsus porşenlar yordamida tozalaş işlarida esa 4 363,03 kilometr natijaga erişilib, reja 143,2 foizga uddalangan. Kompressor stansiyalarida gaz haydaş agregatlarini taʼmirlaş böyiça ham belgilangan körsatkiçdan yuqori natija qayd etildi. Rejadagi 77 ta örniga 80 ta agregat taʼmirlandi.

Qişki mavsumda gaz taʼminoti barqarorligini taʼminlaşda yer osti gaz omborlaridagi zaxiralar muhim örin tutadi. Hisobot davrida "Gazli" va "Xöjaobod" omborlarida jami 3 636,4 million kub metr tabiiy gaz mavjudligi qayd etilgan. Şuningdek, "Xöjaobod" omborida 19 ta quduqda kapital taʼmirlaş işlari bajarilib, reja 150 foizga bajarilgan. Elektr taʼminoti va texnologik uskunalarning işonçliligini taʼminlaş maqsadida transformatorlar, elektr dvigatellari hamda elektr uzatiş tarmoqlarida profilaktika va taʼmirlaş işlari olib borildi.
–Magistral gaz transporti tizimining barqaror işlaşi nafaqat gaz quvurlari va kompressor agregatlariga, balki ularning elektr taʼminoti tizimiga ham bevosita boğliq. Şu sababli mavsumga tayyorgarlik doirasida elektr jihozlari, transformatorlar va elektr uzatiş tarmoqlarini texnik körikdan ötkaziş, profilaktik sinovlar hamda taʼmirlaş işlari bajarildi.
Tayyorgarlik işlari mavsum boşlanişi bilan töxtab qolmaydi. Kuz-qiş davri davomida magistral gaz quvurlari, kompressor stansiyalari va boşqa texnologik inşootlarning işlaş holati doimiy nazorat qilib boriladi. Avariya va nosozliklarning oldini oliş, texnologik intizomga rioya etiş hamda gaz taşiş jarayonining uzluksizligini taʼminlaş böyiça zarur çoralar köriladi.
Şuningdek, 2027-yilda 50,9 kilometr magistral gaz quvurlarini mukammal taʼmirlaş, 3 213 kilometr quvurning içki sirtini tozalaş, 1 081,5 kilometr tarmoqda diagnostika işlarini ötkaziş hamda 70 ta gaz haydaş agregatini taʼmirlaş rejalaştirilgan.
Asosiy maqsadimiz esa mavjud magistral gaz transporti infratuzilmasidan samarali foydalangan holda, kuz-qiş mavsumida gaz transport tizimining barqaror va uzluksiz işlaşini taʼminlaşdan iborat, – dedi Ötkir Nuriddinov.
Matbuot anjumanida kadrlar salohiyatini oşiriş va soha uçun malakali mutaxassislar tayyorlaş masalalariga ham eʼtibor qaratildi.

Jamiyat bölim boşliği Xurşidjon Saxatovning maʼlum qilişiça, 2026-yilning töqqiz oyida 1 780 nafar xodimning malakasi mahalliy va xalqaro öquv muassasalarida oşirilgan. Ularning 126 nafari 30 yoşgaça bölgan yoşlardir.
– Jamiyatda kadrlar malakasini oşiriş bilan bir qatorda, oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlaşga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-sentabrdagi "Oliy taʼlimda dual taʼlim şaklida kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoni ijrosi doirasida soha yönalişlarida tahsil olayotgan talabalar uçun jamiyatning işlab çiqariş obʼektlarida amaliyotlar taşkil etilmoqda.
Xususan, Toşkent davlat texnika universiteti, Toşkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali va Buxoro davlat texnika universitetining jami 200 nafar talabasi jamiyatning tegişli tarkibiy bölinmalarida amaliy tajriba orttirmoqda. Şuningdek, Qarşi davlat texnika universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti va Farğona davlat texnika universiteti talabalari uçun ham dual taʼlim asosida amaliyotlarni taşkil etiş işlari olib borilmoqda.
Bundan taşqari, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 675-son qaroriga muvofiq, jamiyatning örta va örta maxsus maʼlumotga ega 439 nafar xodimi oliy taʼlim taşkilotlarida tahsil olgan, – dedi X.Saxatov.
Matbuot anjumanida taʼkidlanganidek, kuz-qiş mavsumida gaz transporti tizimining barqaror işlaşini taʼminlaş böyiça işlar davom ettiriladi. Bunda infratuzilmaning texnik holatini yaxşilaş, avariyalarning oldini oliş va soha uçun malakali kadrlar tayyorlaş ustuvor vazifalardan bölib qoladi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA