Surxondaryoda 88 mingdan ortiq oilaga ijtimoiy kömak körsatiladi
Kuz-qiş mavsumida ehtiyojmand aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, energiya resurslari uçun tölovlar bilan boğliq xarajatlarni yengillaştiriş hamda munosib turmuş şaroitini yaratiş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 28-oktabrdagi «Yoqilği-energetika sohasida bozor tamoyillariga ötiş jarayonida aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoniga muvofiq, Surxondaryo viloyatida 88 mingdan ortiq oilaga kömak beriş uçun 88 milliard sömdan ziyod mablağ ajratilişi nazarda tutilgan.
Farmon ijrosi doirasida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, daromadi belgilangan mezonlarga mos keluvçi ehtiyojmand xonadonlar, yolğiz keksalar, özgalar parvarişiga muhtoj şaxslar, nogironligi bölgan fuqarolar hamda oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan oilalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, belgilangan mezonlarga muvofiq keluvçi xonadonlarga 1 million söm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratiş, elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli uçun kompensatsiya tölaş, kömir xaridi bilan boğliq xarajatlarning bir qismini qoplaş belgilangan.
[gallery-32662]
Şuningdek, aholining yaşaş şaroitini yaxşilaş maqsadida uy-joylarning issiqlik izolyatsiyasini yaxşilaş, energiya tejamkor uskunalar, quyoş panellari va geliokollektorlar örnatiş çoralari körilmoqda.
Ayni kunlarda mahalla yettiligi tomonidan xonadonlarning ijtimoiy ahvoli örganilib, kömakka muhtoj fuqarolarga manzilli yordam körsatilmoqda.
Mazkur çora-tadbirlar aholining qiş mavsumini betalafot ötkazişi, oila byudjetiga tuşadigan moliyaviy yukni kamaytiriş hamda ijtimoiy himoya samaradorligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Jonibek QÖZIMURODOV (surat+video), ÖzA