Xorazmda aholi murojaatlari asosida elektr tarmoqlari yangilanmoqda
Xorazm viloyatida aholini elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlaş, mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qiliş va isteʼmolçilar murojaatlarini öz vaqtida hal etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan joylarda amaliy işlar olib borilyapti.
Xususan, Urganç şahri va Yangibozor tumanida aholidan kelib tuşgan murojaatlar asosida elektr tarmoqlarining texnik holati örganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etiş çoralari körilmoqda.
Urganç şahrining Kamolot mahallasidagi 3774-sonli transformator punktidan çiquvçi 0,4 kV kuçlanişli havo elektr uzatiş tarmoğida mukammal taʼmirlaş işlari amalga oşirilmoqda. Jumladan, eski yoğoç tayançlar yangi temir-beton ustunlarga almaştirilyapti. Şuningdek, zamonaviy SIP simlarini tortiş va ularni aholi xonadonlariga ulaş rejalaştirilgan.
Yangibozor tumanining Iftixor mahallasi aholisi tomonidan bildirilgan elektr taʼminotiga oid murojaat ham mutaxassislar tomonidan örganildi. Ayni paytda hududdagi 11395-sonli transformator punktidan çiquvçi elektr uzatiş tarmoğini yangilaş çoralari körilmoqda.
Bu yerda 25 ta temir-beton tayanç ustunini örnatiş hamda 1,4 kilometr uzunlikdagi elektr uzatiş tarmoğini tortiş işlari bosqiçma-bosqiç bajarilmoqda. Mazkur çora-tadbirlar mahallada elektr taʼminotining barqarorligi va işonçliligini oşiriş, isteʼmolçilarga sifatli xizmat körsatişga qaratilgan.
[gallery-32659]
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan aholidan kelib tuşayotgan murojaatlarni öz vaqtida örganiş, mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş va elektr taʼminotini yaxşilaş işlari doimiy nazoratga olingan.
Behzod SAIDOV (surat), ÖzA