Bolalar ovozi va taşabbuslari diqqat markazida
Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularning fikrini tinglaş, taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda jamiyat hayotidagi faolligini oşiriş barkamol avlodni voyaga yetkazişning muhim şartlaridan biridir.
Surxondaryo viloyati Termiz şahridagi Yoşlar markazida Butunjahon bolalar kuni munosabati bilan «Bolalik formulasi» nomli oçiq muloqot taşkil etildi.
100 nafarga yaqin bola iştirok etgan tadbirda Bolalar ombudsmanining mintaqaviy vakili, viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, Özbekiston bolalar taşkiloti hamda volontyorlar maktabi vakillari qatnaşdi.
Oçiq muloqotda bolalar huquqlarini taʼminlaş, ularning jamiyat hayotidagi iştirokini kengaytiriş, volontyorlik harakatini rivojlantiriş va ijtimoiy taşabbuslarini rağbatlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, yoş avlodning öz fikrini erkin ifoda etişi, taklif va ğoyalarini ilgari surişi, isteʼdod hamda qobiliyatini röyobga çiqarişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida söz yuritildi.
Tadbir davomida bolalarni volontyorlik faoliyatiga keng jalb etiş, ularda ijtimoiy masʼuliyat, hamjihatlik va insonparvarlik fazilatlarini şakllantirişga alohida eʼtibor qaratildi. Bu borada yoşlarning taşabbuskorligini oşiriş va jamoat işlaridagi iştirokini rağbatlantiriş muhim ekani taʼkidlandi.
Samimiy va erkin ruhda ötgan uçraşuvda bolalar özlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislarga savollar berib, tegişli javob va tuşuntirişlar oldi. Şu bilan birga, öz fikr-mulohazalari va takliflarini bildiriş imkoniyatiga ega böldi.
«Bolalik formulasi» taşabbusining ahamiyatli jihati şundaki, unda bolalarga nafaqat himoya va ğamxörlikka muhtoj avlod, balki öz ğoyalari, qaraşlari va taşabbuslari bilan jamiyat rivojiga hissa qöşa oladigan faol iştirokçilar sifatida yondaşiladi.
[gallery-32671]
Bolalar manfaatlariga daxldor masalalarda ularning fikrini tinglaş, takliflarini inobatga oliş va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş bola huquqlarini taʼminlaşning muhim mezonlaridan biridir.
Jonibek QÖZIMURODOV (surat), ÖzA