Ayol baxtli bölsa, jamiyat farovon: muammolar yeçimi yölida amaliy qadamlar qöyilmoqda
Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş borasida mutlaqo yangi tizim yaratilgan.
Uşbu islohotlarni hayotga tatbiq etişda Oila va xotin-qizlar qömitasining örni va masʼuliyati nihoyatda katta. Qömita tomonidan har bir mahalla, har bir xonadonga kirib boriş, ayollarni qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va maişiy muammolarni joyida hal etiş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda.
«Ayollar daftari» orqali manzilli yordam körsatiş, xotin-qizlarni kasb-hunarga öqitiş va tadbirkorlikka jalb etiş, ehtiyojmand oilalar qizlari uçun taʼlim imtiyozlari yaratiş hamda oilaviy ajrimlarning oldini oliş borasidagi saʼy-harakatlar bugun özining amaliy natijasini bermoqda.
Ayol muammosi hal bölsa, oila mustahkam böladi. Har bir ayol öz muammosi bilan yolğiz qolmasligi, har bir oila esa qiyin vaziyatda davlat kömagini his qilişi kerak. Buning uçun nafaqat murojaatlarni eşitiş, balki ularni yuzaga keltirayotgan sabablarni aniqlaş va tizimli yeçimlar işlab çiqiş muhim.

Maʼlumotlarga köra, birgina Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanida 4 mingdan ortiq ayol iş izlamoqda, 853 nafar fuqaro esa aliment undiriş bilan boğliq muammolarga duç kelgan. Bu raqamlar ortida ayollar bandligi, farzandlar taʼminoti va oilalarning ijtimoiy barqarorligi bilan boğliq muammolar turibdi.
Tumanda Oila va xotin-qizlar qömitasi tomonidan ötkazilgan sayyor qabulda Qaşqadaryo viloyatining turli hududlari hamda Samarqand viloyatidan kelgan 28 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Uy-joy, bandlik, kredit, ijtimoiy himoya, davolaniş, taʼlim hamda oilaviy nizolar bilan boğliq masalalar tegişli davlat idoralari iştirokida körib çiqildi.
Şuningdek, viloyatning Dehqonobod tumani Boşçorboğ qişloğida ötkazilgan qabulda ham 15 nafar fuqaroning muammosi örganildi. Har bir murojaatni örganiş va hal etiş çoralarini köriş uçun masʼullar hamda aniq muddatlar belgilandi. Bir oydan söng topşiriqlar ijrosi joyiga çiqib tekşiriladi. Bunday uçraşuvlarda aniqlanayotgan takroriy muammolar ham tahlil qilinib, ularning sabablarini bartaraf etiş böyiça tizimli çoralar köriladi.
Oilaviy ajrimlar tahlili va yangi mexanizmlar böyiça “Andijon tajribasi” respublika miqyosida ommalaştirilmoqda. Dunyo mamlakatlari bilan taqqoslaganda Özbekistonda nikohlarga nisbatan ajrimlar uluşi 17,5 foizni taşkil etadi. Bu körsatkiç Portugaliyada 94, Ispaniyada 86, Rossiyada 74, AQŞ va Xitoyda 45, Turkiyada 25 foiz. Har 1 000 aholiga nisbatan ajrimlar koeffitsiyenti Özbekistonda 1,3–1,4 ni, Qozoğistonda 4,6 ni taşkil etadi. Ajrimlarning qariyb 60 foizi şaharlarga töğri keladi.
Tahlillarga köra, mamlakatimizda ajrimlarning asosiy sabablari sifatida yoşlarning oilaviy hayotga tayyor emasligi, farzandsizlik, uzoq muddat alohida yaşaş, uçinçi şaxslar aralaşuvi, migratsiya, moliyaviy qiyinçiliklar, spirtli içimlik va giyohvand moddalar isteʼmoli hamda tazyiq va zöravonlik aniqlangan.
Tahlillar asosida “Andijon tajribasi” doirasida yangi mexanizmlar belgilandi. Jumladan, “Oila va xotin-qizlar maskanlari”da nikohlanuvçilar uçun “Maişiy zöravonliksiz baxtli oilaviy hayotga tayyorlaş” bepul kurslari va oila byudjetini yuritiş loyihalarini kengaytiriş, nikohdan oldin imom-xatib, psixolog va huquqşunos maslahatlarini tizimli yölga qöyiş, ota-onalar uçun “Kelin-qaynona”, yoş erkaklar uçun esa “Otalik maktabi” treninglarini taşkil etiş, hududlarda professional mediatorlar faoliyatini rivojlantiriş, bir xonadonda yaşaş sababli nizoga borgan oilalar uçun ijara tölovining bir qismini qoplab beriş tizimini işlab çiqiş mexanizmlari joriy etildi.

Bundan körinib turibdiki, mamlakatimizda ayollar manfaatlarini taʼminlaş, ularning oğirini yengil qiliş va jamiyatdagi faolligini oşiriş borasidagi işlar uzluksiz va tizimli jarayonga aylandi. Oila va xotin-qizlar qömitasi tomonidan mahallabay işlaş tizimi asosida amalga oşirilayotgan bunday manzilli saʼy-harakatlar minglab yurtdoşlarimizning hayotga bölgan işonçini mustahkamlab, ularning ertangi kunga umid bilan qaraşiga zamin yaratmoqda.
Zero, muammosi hal etilgan, bandligi taʼminlangan va öz salohiyatini röyobga çiqarayotgan har bir ayol nafaqat öz oilasining farovonligiga, balki Yangi Özbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qöşadi. Bu boradagi islohotlar izçilligi esa yurtimizda tinçlik, barqarorlik va bunyodkorlik muhitini yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi şubhasiz.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA