Çilonzorda kumuşning noqonuniy savdosi foş etildi
Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qömitasi xodimlari hamkorligida poytaxtimizning Çilonzor tumanida qimmatbaho metallarning noqonuniy muomalasiga çek qöyişga qaratilgan tezkor tadbir ötkazildi.
Unda Toşkent viloyati Böka tumanida yaşovçi, 1973-yilda tuğilgan şaxs oğirligi 7 kilogramm 685 gramm bölgan sof kumuşni 156 million sömga sotayotgan vaqtida tezkor tadbir iştirokçilari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Tekşiruvlar davomida qölga olingan fuqaro qimmatbaho metallar muomalasi bilan şuğullaniş uçun tegişli litsenziyaga ega emasligi va noqonuniy faoliyat amalga oşirayotgani aniqlandi.
Hozirda uşbu şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda qimmatbaho metallar muomalasi sohasida qonunçilik talablariga rioya etilişi ustidan nazoratni kuçaytiriş, noqonuniy faoliyat va yaşirin savdo holatlarining oldini oliş borasida tezkor-profilaktik tadbirlar izçil davom ettirilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, kumuş yoki boşqa qimmatbaho metallarni sotib olişda uning kelib çiqişi va sofligini tasdiqlovçi hujjatlarni sörang. Agar hujjatlar körsatilmasa, şartnoma tuzişga şoşilmang! Darhol bu haqda DXXning 1520 qisqa raqamiga qönğiroq qilib xabar bering. Şaxsingizning sir saqlanişi kafolatlanadi.
ÖzA