Xitoydagi uçraşuvdan söng Putinning Ukrainaga nisbatan qaraşi özgardimi? (+video)
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQŞ va Xitoy rahbarlari Donald Tramp hamda Si Szinpin bilan uçraşuvdan keyingi matbuot anjumanida bayonot berib, Ukraina bilan uruşni tugatiş uçun “murosaga keliş” talabini bildirdi. Bu haqda RF davlat axborot agentligi – TASS xabar tarqatdi.
Putin aytişiça, Ukraina masalasida murosa taklifini AQŞ ilgari surgan, Rossiya esa Ankorijdagi uçraşuvda bunga rozi bölgan. Endi asosiy masala Kiyev va Yevropa davlatlari bu taşabbusni qabul qilişga qay darajada tayyorligiga boğliq.
RF yetakçisi taʼkidlaşiça, Vaşington Moskvadan uruşni tugatişga qaratilgan muloqotda Yevropa davlatlari ham iştirok etişiga rozi bölişni “qatʼiy turib” sörayapti.
– Yevropa muzokaraga qanday yondaşuv bilan kelişini tuşunib olişimiz kerak, – dedi u. – Şuning uçun biz yevropaliklarga Moskvaga keliş va öz qaraşini aniqlaştirib olişni taklif qildik. Şundan keyingina muloqotni qaysi şaklda davom ettirişni hal qilamiz.
Şu bilan birga Putin köhna qitʼaning ayrim davlatlarida siyosiy boşqaruv almaşmas ekan, Rossiya bilan munosabatni töliq tiklaş imkoni yöqligiga urğu berdi.
RF rahbari Ukraina tomonidan Qrim köprigiga uyuştirilgan hujumga javoban Rossiyaning keyingi harakati “ança oğriqli” bölişini bildirdi.
Darvoqe, u mamlakat Xavfsizlik Kengaşi bilan ayrim yönalişlarda öt oçişni töxtatiş ehtimoli muhokama qilinganini aytdi. Faqat Qrim köprigiga zarbalardan keyin bu borada kelişuvga erişiş niyati yöqligini ham qöşib qöydi. Sözi yakunida Kerç böğozi orqali ötgan köprikni “faqat tinç maqsadga xizmat qiluvçi inşoot” deb atadi. Qayd etiliça, mazkur köprik orqali ançadan beri neft va öq-dori taşilmaydi.
Kenja Bekjonov, Salimjon Obidjonov (video), ÖzA