“Trend”: “Özbekiston eksporti 33 foizga oşgan”
Ozarbayjonning “Trend” axborot agentligi Özbekistonning 2026-yil yanvar–oktabr oylaridagi taşqi savdo aylanmasi körsatkiçlarini eʼlon qildi.
Qayd etilişiça, maxsus eksportni hisobga olmaganda, mamlakat eksporti hajmi ötgan yilning mos davriga nisbatan 33 foizga oşib, 25,7 milliard dollarga yetgan. Bundan taşqari, Özbekistonga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va kreditlar miqdori 49,5 milliard dollarni taşkil etgan.
Ozarbayjon naşri Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga (JST) aʼzo böliş jarayoniga ham alohida töxtalgan. Maʼlum qilinişiça, mamlakat taşkilotga 1994-yilda ariza topşirgan, biroq muzokaralar 15 yillik tanaffusdan söng 2020-yilda qayta tiklangan. Hukumat uşbu jarayonni 2026-yilda yakunlaşni maqsad qilgan.
Naşr maʼlumotlariga köra, 2026-yil iyul oyiga qadar bozorga kiriş böyiça 31 ta ikki tomonlama bayonnoma (kelişuv) JST kotibiyatiga taqdim etilgan. Şuningdek, iyul oyida bölib ötgan Işçi guruhning 13-yiğilişida milliy qonunçilikni taşkilot qoidalariga muvofiqlaştiriş borasidagi işlar muhokama qilingan.
Agentlik JST Işçi guruhi raisi Song-Yo Çoyning noyabr oyi boşida Toşkentga taşrifi çoğida muzokaralar hal qiluvçi bosqiçga kirgani haqida bildirgan fikrlarini ham keltirgan. Unga köra, oldinda qolgan ikki tomonlama kelişuvlarni yakunlaş, qişloq xöjaligini qöllab-quvvatlaş masalasida murosaga erişiş va milliy qonunçilikni takomillaştiriş kabi vazifalar turibdi.
Dilşod HAKIMOV,
ÖzA