Xitoy sammiti tafsiloti (+video)
19-noyabr kuni Xitoyning Şenjen şahrida Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasida AQŞ, Rossiya va Xitoy rahbarlarining tarixdagi ilk uç tomonlama sammiti bölib ötdi. Tadbirda Prezidentlar Donald Tramp va Vladimir Putin hamda XXR Raisi Si Szinpin iştirok etdi.
Tramp uçraşuv iştirokçilari “aslida tarix yaratayotgani”ni aytdi. Si Szinpin hamkasblarini “sayyorada tinçlik va barqarorlikni birgalikda asraş”ga çaqirdi. Putin esa Vaşington, Moskva va Pekinning mintaqaviy mojarolar, jumladan Ukraina bilan uruşni hal qiliş borasida “köplab muştarak manfaatlari” borligini taʼkidladi.
Muloqotdan söng uç yetakçi ommaviy axborot vositalari uçun bayonot bermasdan tarqaldi. Mezbon rahbar muzokarani “ijobiy va samarali” baholadi. RF Prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov esa muhit “yaxşi” bölganini bildirdi.
Anjuman yakunida AQŞ, Rossiya va Xitoy rahbarlarining “Tinçlik deklaratsiyasi” eʼlon qilindi. Hujjatda Ukraina bilan uruş haqida heç nima deyilmagan.
Deklaratsiyaning asosiy bandlari quyidagilar:
BMTni isloh qiliş. Si Szinpin, Putin va Tramp dunyoviy muammolarga yanada samarali javob qaytarişi, asosiy vazifasini bajarişi uçun taşkilotni isloh qiliş tarafdori ekanini bildirdi.
Neft mahsulotlari işlab çiqarişni köpaytiriş. Uç davlat barça mamlakatlar manfaati yölida neftni qayta işlab, mahsulotni yaratiş va yetkazib beriş kölamini kengaytiriş niyatidaligi maʼlum qilindi.
Xalqaro jinoiy sud faoliyati. Putin, Si va Tramp Xalqaro jinoiy sud hamda şunga öxşaş taşkilotlar öz vakolatini suisteʼmol qilmasligi kerakligini taʼkidladi. Şuningdek, davlatlar roziligi tamoyili va rasmiy mansabdor şaxslar daxlsizligiga rioya qiliş muhim ekani qayd etildi.
Yadroviy xavf. Vaşington, Moskva va Pekin yadro xavfini kamaytiriş hamda yadroviy qurol tarqalişining oldini oliş böyiça muloqot olib borişga kelişdi.
Kenja Bekjonov, Anvarxöja Ahmedov (video), ÖzA