Saudiya janubi-ğarbida xavfdan ogohlantiriş tizimi işga tuşdi
Saudiya Arabistoni Fuqaro mudofaasi boş boşqarmasi mamlakat janubi-ğarbida joylaşgan Jizon muzofotida xavfdan erta ogohlantiriş tizimi faollaştirilganini maʼlum qildi. Bu haqda tuzilmaning ijtimoiy tarmoq rasmiy sahifasida eʼlon qilingan bayonot guvohlik beradi.
Rasmiy xabarda ogohlantirilgan aholiga xotirjamlikni saqlaş va davlat idoralari körsatmasiga amal qiliş böyiça körsatma berilgan. Şuningdek, xavf bartaraf etilgunga qadar bino içida qoliş, derazadan uzoqdagi xavfsiz xonaga ötiş va taşqariga çiqmaslik söraldi. Oçiq hududdagi fuqarolarga esa yaqin atrofdagi bino yoki maxsus himoya inşootidan panoh topiş tavsiya qilindi. Oradan biroz vaqt ötgaç xavf bartaraf etilgani eʼlon qilindi.
Maʼlumki, Yamandagi xusiylar sönggi vaqtda Saudiya poytaxti Ar-Riyod va mamlakatning boşqa hududlariga ballistik raketa hamda uçuvçisiz uçoqlar yordamida hujum uyuştirib kelmoqda.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA