«Umra» ziyoratini taşkil etiş vaʼdasi ortidagi firibgarlik foş etildi
Andijon viloyatining Asaka tumanida fuqarolarni “Umra” ziyoratiga yuborişni vaʼda qilib, ularning pul mablağlarini özlaştirişga uringan turfirma rahbarining noqonuniy harakatlari foş etildi.
Aniqlanişiça, “Umra” ziyoratini taşkil etiş uçun tegişli ruxsatnomaga ega bölmagan turfirma rahbari uç nafar fuqaroning işonçini qozonib, ularni Saudiya Arabistoniga ziyoratga yuborişini vaʼda qilgan. Uşbu xizmat evaziga fuqarolardan jami 3 ming 350 AQŞ dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati böyiça boşqarmasi hamda içki işlar organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvçi talab qilingan pul mablağini olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Yana bir holatda, Toşkent viloyatining Bekobod tumanida fuqarolarni “Umra” ziyoratiga noqonuniy ravişda yuborişni vaʼda qilgan xususiy öquv markazi rahbarining jinoiy harakatlari foş etildi.
Maʼlum bölişiça, 1992-yilda tuğilgan mazkur şaxs tört nafar fuqaroni muqaddas ziyoratga yuboriş evaziga Bekobod şahrida yaşovçi, 1994-yilda tuğilgan fuqarodan 4 800 AQŞ dollari talab qilgan.
Holat yuzasidan ötkazilgan hamkorlikdagi tezkor tadbir davomida öquv markazi rahbarining 1995-yilda tuğilgan ukasi talab qilingan mablağning 2 000 AQŞ dollarini oldindan tölov sifatida qabul qilayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Mazkur holat yuzasidan uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Hamroz Bayonov,
ÖzA