9 oyda murojaatlarning qariyb 89 foizi ijobiy hal etildi
2026-yilning 9 oyi davomida Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati, tizim taşkilotlari va hududiy bölinmalariga jismoniy va yuridik şaxslardan jami 15 mingdan ortiq murojaat kelib tuşgan.
Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi Ravşana Umarova iştirokida ötkazilgan brifingda maʼlum qilindi.
Unda taʼkidlanganidek, murojaatlarning asosiy qismi ijtimoiy himoya, moliya-bank sohasi hamda uy-joy taʼminoti bilan boğliq. Xususan, nafaqa, moddiy yordam va pensiya tayinlaş, moliyaviy xizmatlar, uy-joy subsidiyalari kabi masalalar fuqarolarni eng köp taşvişga solayotgan yönalişlar qatorida.
Hisobot davrida kelib tuşgan murojaatlarning qariyb 89 foizi ijobiy hal etilgan. Qolgan murojaatlar yuzasidan tuşuntirişlar berilgan, tegişli taşkilotlarga yuborilgan yoki belgilangan tartibda körib çiqilmoqda.
–Şuningdek, aholi va tadbirkorlar bilan oçiq muloqotni taʼminlaş maqsadida vazirlik rahbariyati iştirokida sayyor qabullar taşkil etilmoqda. Ötkazilgan 10 ta sayyor qabul va ommaviy muloqotda 327 nafar fuqaroning murojaatlari körib çiqildi.
Fuqarolar bilan tezkor muloqotning yana bir muhim vositasi vazirlikning “Işonç telefoni” hisoblanadi. Töqqiz oy davomida unga 10,7 mingdan ortiq qönğiroq kelib tuşgan va ularning deyarli barçasi böyiça mutaxassislar tomonidan tegişli javob hamda tuşuntirişlar berilgan, – dedi R.Umarova.
Vazirlik tomonidan murojaatlarni şunçaki körib çiqiş bilan çeklanmasdan, ular ortida turgan tizimli muammolarni aniqlaş va bartaraf etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şu sababli, 2026-yil 16-mayda tegişli “Yöl xaritasi” tasdiqlanib, aholi murojaatlari tahlili asosida sohalardagi muammolarni kamaytiriş hamda murojaatlar bilan işlaş samaradorligini oşiriş böyiça maxsus işçi guruh taşkil etilgan.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA