«Ekointellekt» — yoşlarning ekologik madaniyati va masʼuliyatini yuksaltiriş maydoni
Bugungi kunda ekologik muammolar tobora dolzarb ahamiyat kasb etib borayotgani barçamizga maʼlum. Ana şunday vaziyatda, aholi, ayniqsa yoş avlodning tabiat va atrof-muhit muhofazasiga oid bilimlarini oşiriş, ularda ekologik madaniyat va masʼuliyatni şakllantiriş muhim ahamiyatga ega.
Bu borada Özbekiston Ekologik partiyasi bir qator taşabbus va loyihalarni izçillik bilan amalga oşirib kelmoqda. Jumladan, partiya tomonidan sönggi ikki yil davomida Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida «Biz tabiat himoyaçilarimiz!» şiori ostida «Ekointellekt» zakovat turniri muntazam taşkil etib kelinmoqda.
«Ekointellekt» zakovat turniri yoşlar örtasida ekologik bilimlarni keng tarğib etiş, tabiatga daxldorlik hissini kuçaytiriş va intellektual salohiyatni yuksaltirişga xizmat qilmoqda. Mazkur intellektual bellaşuv qisqa vaqt içida yoşlar orasida öz örni va auditoriyasiga ega bölib, ekologik mavzularni qiziqarli va interaktiv şaklda tarğib etişning samarali maydoniga aylandi.

Ötgan ikki yil mobaynida hududlarda ötkazilgan turnirlarda jami 130 ta jamoa özaro kuç sinaşdi. Bellaşuvlarda 700 nafarga yaqin talaba-yoşlar bevosita iştirok etgan bölsa, 7 mingga yaqin yoşlar tomoşabin sifatida qatnaşib, turnirning keng qamrovliligini taʼminladi.
Joriy yil sentabr–oktabr oylarida «Ekointellekt» turniri doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasi va barça viloyatlardagi oliy taʼlim muassasalari talabalari örtasida intellektual bellaşuvlar taşkil etildi. Bu esa turnir geografiyasini kengaytiriş, köproq yoşlarni qamrab oliş va ularning ekologik bilimlarini sinovdan ötkaziş imkonini berdi.

Intellektual loyihaning poytaxtda bölib ötgan navbatdagi muhim bosqiçida Toşkent şahridagi 40 ga yaqin oliy taʼlim muassasasi öz jamoalari bilan iştirok etib, bilim, zukkolik, tezkor fikrlaş va jamoaviy hamjihatlik borasida öz imkoniyatlarini namoyon etdi.
Bellaşuv davomida iştirokçilar tabiat, biologik xilma-xillik, iqlim özgarişi, suv va yer resurslarini muhofaza qiliş kabi dolzarb ekologik mavzularga oid bilimlarini namoyon etdi. Şu bilan birga, jamoada işlaş, tezkor va mantiqiy fikrlaş, mavjud muammolarga yeçim topiş könikmalarini ham mustahkamladi.

Turnirda partiya yetakçisi A.Hamzayev va fraksiya aʼzolari ham iştirok etib, mazkur loyiha yoşlarning ekologik bilim va dunyoqaraşini kengaytiriş, ularning atrof-muhit muhofazasiga bölgan masʼuliyatini oşiriş, ekologik madaniyatini yuksaltirişda muhim ekanini taʼkidladi. Şuningdek, yoşlarni tabiat himoyasi yölidagi ezgu taşabbuslarda faol bölişga çorladi.

Darhaqiqat, bu kabi intellektual ekologik loyihalar yoşlarda tabiatga befarq bölmaslik, ekologik muammolarga daxldorlik bilan yondaşiş va atrof-muhitni asraş masʼuliyatini mustahkamlaşda muhim örin tutadi.

M.Komilova,
ÖzA