Ziyolilar — davlat taraqqiyotining asosiy kuçi
Har qanday davlatning taraqqiyoti, avvalo, uning intellektual salohiyati, ilm-fan va maʼrifat darajasi, jamiyatdagi ijtimoiy tafakkur va yangilikka intiliş muhiti bilan belgilanadi. Bu jarayonda ziyolilar nafaqat bilim va tajriba egalari, balki jamiyatning maʼnaviy yönalişini belgilaydigan, ijtimoiy fikrni şakllantiradigan va milliy taraqqiyotga ğoyaviy zamin yaratadigan muhim kuç hisoblanadi.
Tarix sahifalarini varaqlar ekanmiz, buyuk imperiyalarning tanazzuli yoki yuksalişi oddiy tasodif emasligini köramiz. Har qanday davlatning çinakam qudrati oltin-valyuta zaxiralari yoki ulkan hududlar bilan emas, balki millatning fikrlaydigan ongi, bilimi va intellektual salohiyati bilan ölçanadi.
Özbek tarixida bu haqiqatning yorqin misoli bor. Sohibqiron Amir Temur davlat işlarini amirlar va dono kişilar bilan maslahatlaşib yuritgan. Uning zabt etgan şaharlaridan meʼmor, usta va olimlar Samarqandga köçirilib, poytaxtning ilmiy va madaniy salohiyatini oşirgan. Keyinçalik uning nabirasi Mirzo Uluğbek şu muhit asosida Samarqandda maşhur rasadxonasini barpo etgan.
Jahon tajribasida ham şu qonuniyat körinadi. XV asrda Florensiyada Mediçilar sulolasi davlat mablağlarini olim, faylasuf va rassomlarga homiylik qilişga yönaltirgan. Natijada kiçik bir şahar Uyğoniş davrining ilmiy va madaniy markaziga aylangan. Zamonaviy misol sifatida esa Singapurni oliş mumkin. Tabiiy resurslari kam bu davlat taʼlim tizimiga, ilğor mutaxassislarni jalb qilişga va şaffof boşqaruvga tayanib, bugun dunyoning eng ilğor moliyaviy va intellektual markazlaridan biriga aylandi.
Bugun tabiiy boyliklarga boy, ammo inson kapitaliga eʼtibor bermagan davlatlar hali ham xomaşyo yetkazib berişda qolib ketayotgani, taʼlim va ilmga tayangan davlatlar esa jahon iqtisodiyotida yetakçi bölayotgani kuzatilmoqda. Demak, intellektual salohiyatga qilingan sarmoya eng uzoq muddatli va barqaror investitsiyadir.
Yurtimizda ham sönggi yillarda taʼlim, ilm-fan va innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirişga katta eʼtibor qaratilmoqda. Qoraqalpoğistonda ham bu yönalişda ziyolilarning iştiroki muhim ahamiyatga ega.
Joriy yilning 10–11-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasida ziyolilar bilan uçraşuvning hududiy yiğilişi ötkazildi. Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Joqarği Kengesining Raisi A.Orinbayev iştirok etib, yiğilganlarni oçiliş munosabati bilan tabrikladi. Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi F.Ermanov ziyolilar bilan hududning ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy-maʼrifiy rivoji, yoşlar tarbiyasi, ilm-fan va madaniyat masalalari böyiça fikr almaşdi.
Bunday muloqotlar ziyolilarning takliflarini ijro organlari bilan boğlaş uçun muhim vositadir. Ammo salohiyat öz-özidan amaliy natija bermaydi. Ziyolilarning sözi amaliy taşabbusga, taşabbusi esa aniq natijaga aylangandagina, ular milliy yuksalişning mustahkam tayançiga aylanadi.
Xulosa qilib aytganda, intellektual kapital va ziyolilar qatlami har qanday davlatning boş taraqqiyot formulasidir. Tarix va zamonaviy tajriba şuni körsatadiki, inson salohiyatiga kiritilgan har bir sarmoya kelajakda kuçli iqtisodiyot, barqaror jamiyat va farovon hayot bölib qaytadi. Bu yölda har bir ziyolining masʼuliyati, fidoyiligi va ijodiy taşabbusi milliy yuksalişning asosiy şartidir.
Ruslan Yeççanov,
Demokratik jarayonlarni tahlil qiliş
markazi Qoraqalpoğiston Respublikasi
bölinmasi boş mutaxasisi.