Töğri tanlov – samarali ösiş asosi
Samarqand şahridagi Turizm akademiyasida MY FAIR kompaniyasi, Yoşlar işlari agentligi va boşqa taşkilotlar hamkorligida “Taʼlim va kasb” xalqaro taʼlim körgazmasining kuzgi mavsumi ötkazildi.
Kelgusida kasb va taʼlim yönalişini ongli ravişda tanlaşda kömaklaşiş maqsadida ötkazilgan körgazmada yoşlar va ularning ota-onalari yurtimiz hamda xorijiy taʼlim dasturlari, qabul şartlari, öqiş tölovi, stipendiya va grantlar hamda kasbiy istiqbollar haqidagi işonçli maʼlumotlarga ega böldi.
Qayd etiş joizki, mazkur loyiha Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-oktabrdagi “Özbekiston Respublikasi taʼlim va ilm-fan vazirligini taşkil etiş töğrisida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosiga ham xizmat qiladi. Xususan, maktabgaça taʼlimdan oliy taʼlimdan keyingi bosqiçgaça bölgan uzluksiz taʼlim tizimini şakllantiriş, maktab, kasb-hunar va oliy taʼlim örtasidagi uzviylikni mustahkamlaş, yoşlarning qiziqiş va qobiliyatlarini erta aniqlaş, mehnat bozori ehtiyojlariga mos mutaxassislar tayyorlaş hamda yetakçi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytiriş kabi ustuvor maqsadlarni amalga oşirişga kömaklaşadi. Şu maʼnoda, loyiha maktab, kasb-hunar va oliy taʼlim vakillarini yagona muloqot maydonida birlaştirib, taʼlim bosqiçlari örtasidagi hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitmoqda.
Xalqaro körgazmada yurtimiz bilan bir qatorda Buyuk Britaniya, AQŞ, Rossiya, Qozoğiston, Turkiya, Xitoy, Malayziya, Malta, Polşa, Kipr va boşqa davlatlarning oliy taʼlim muassasalari vakillari iştirok etdi.
Kuzgi tur dasturning alohida eʼtiborli jihati, unda Lankaster universiteti (Buyuk Britaniya) vakili iştirokida “Sunʼiy intellekt yordamida internetda xavfsizlik” mavzusidagi maʼruza taşkil etildi. Uni Lankaster universiteti menejment maktabining axborot tizimlari böyiça katta öqituvçisi, korporativ arxitektura va raqamli transformatsiya sohasi eksperti doktor Amjad Fayyumi ötkazdi.
– Özbekistonda ilk bor taqdimot ötkazayapmiz, – deydi Lankaster universiteti menejment maktabining axborot tizimlari böyiça katta öqituvçisi, korporativ arxitektura va raqamli transformatsiya sohasi eksperti doktor Amjad Fayyumi. – Universitetimiz Buyuk Britaniyada joylaşgan bölsa-da, dunyoning öndan ortiq mamlakatida filiallariga ega. Bizda menejment, tibbiyot, turizm, qişloq xöjaligi, axborot texnologiyalari va boşqa köplab yönalişlar böyiça xalqaro darajadagi mutaxassislar tayyorlanadi. Asosan xorijlik talabalar magistratura bosqiçida öqişni afzal körişadi. Xususan, özbekistonlik bir talabamiz öqişni bitirib kelib, hozirda Buxorodagi universitetda faoliyat olib bormoqda. Uning ilmga intilişi, tirişqoqligini körib, yurtingizda taqdimot ötkazişni maqsad qilgandik. Mana bugun uşbu rejamizni amalga oşirmoqdamiz. Körgazma davomida samarqandlik yoşlar mavjud yönalişlarimizga qiziqiş bildirişdi. Ayniqsa, kiberxavfsizlik böyiça maʼruzam maroq bilan tinglandi. Axborot asrida mazkur yönaliş eng muhim sohaga aylanmoqda. Şu bois, uşbu yönaliş mutaxassislariga ham talab yuqori. Qaysi kasbni egallaş insonning şaxsiy işi. Bizning vazifamiz bor imkoniyatlarimiz haqida maʼlumot berişdan iborat. Har qanday vaziyatda ham inson özi qiziqqan sohasini öqib-örgansa, u albatta, yetuk mutaxassis bölib yetişadi.
[gallery-32527]
Körgazmada taʼlim muassasalari masʼullari yoşlarga imkon qadar batafsil maʼlumot berib, yaratilgan imkoniyatlarni tuşuntirişdi. Eng muhimi, taşrif buyuruvçilar bir maydonda önlab oliygohning dasturlarini qiyoslaş, taʼlim tili, qabul talablari, hujjat topşiriş muddatlari va öqiş şaroitlari böyiça savollarini bevosita vakillarga beriş imkoniga ega böldi.
“Taʼlim va kasb” xalqaro körgazmasi Yangi Özbekistonda inson kapitalini rivojlantirişga xizmat qiluvçi samarali loyiha.
Ğ. Hasanov, A. Isroilov (surat), ÖzA muxbirlari