O‘zA muxbiri mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining tashqi ishlar va hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha vaziri o‘rinbosari Tobias Ellvud bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi ahvoli va istiqbollari haqida suhbatlashdi.

Buyuk Britaniya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biridir. Mamlakatlarimiz o‘rtasida imzolangan qator hujjatlar, jumladan, daromadlarning ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik, daromad va kapital soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf etishga, investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish hamda himoya qilishga, iqtisodiyot, ta’lim, fan va madaniyat, havo transporti, sayyohlik sohalariga oid bitimlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

– O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlik ko‘plab yo‘nalishlarda izchil rivojlanmoqda, – dedi Tobias Ellvud. – Mamlakatingizga tashrifimdan asosiy maqsad o‘zaro munosabatlarni yanada faollashtirish va mustahkamlash masalalarini muhokama etishdan iborat.

Tashrif doirasida qator vazirlik va idoralarda mintaqaviy xavfsizlik va boshqa masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazdik. O‘zbekiston parlamenti faoliyati bilan tanishuv menda katta qiziqish uyg‘otdi. Uchrashuvlar chog‘ida savdo-iqtisodiy imkoniyatlar, Britaniya Kengashi hamda “Chevening” stipendiya dasturining ta’lim sohasiga ko‘magi ham muhokama qilindi.

Mamlakatingizda ish yuritayotgan britaniyalik biznes vakillari faoliyati bilan tanishganimdan, Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti talabalari, “Chevening” stipendiyasi sohiblari bilan muloqot qilganimdan mamnunman. O‘zbekiston kelajagi bo‘lgan iste’dodli yoshlar kishining havasini keltiradi.

O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniyaning o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish imkoniyatlari keng. O‘ylaymanki, o‘tkazilgan uchrashuvlar ikki tomonlama munosabatlarning yangi qirralarini kashf etish, o‘zaro hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirishga hissa bo‘lib qo‘shiladi.

– O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlikning, jumladan, savdo-iqtisodiy munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari haqida fikrlaringizni bayon qilsangiz.

– O‘zbekistonda Buyuk Britaniyaning qator kompaniyalari ish yuritayotgani quvonarlidir. Ular safini ko‘paytirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida bu masala bo‘yicha fikr almashdik.

2015-yilda O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 105,7 million dollarni tashkil etdi. O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga 32,8 million dollarlik mahsulot eksport qilindi, Buyuk Britaniyadan O‘zbekistonga 72,9 million dollarlik tovarlar import qilindi. O‘zbekiston bozorining salohiyati mazkur ko‘rsatkichlarni yanada oshirish imkoniyati katta ekanidan dalolat beradi.

Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston – Buyuk Britaniya kengashi a’zolari ikki tomonlama savdo aloqalarini rivojlantirish yo‘lida samarali faoliyat olib bormoqda. 1994-yili tashkil etilgan mazkur kengash mamlakatlarimiz ishbilarmonlari hamkorligini yanada kengaytirishda muhim rol o‘ynamoqda. Kengash majlislari Buyuk Britaniya kompaniyalariga O‘zbekiston bozori taklif etayotgan imkoniyatlar va keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar bilan yaqindan tanishish, foydali muloqot va uchrashuvlar o‘tkazish, o‘zaro tajriba almashish imkonini bermoqda. Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston – Buyuk Britaniya kengashining so‘nggi majlisi Londonda 2015-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjuman savdo, iqtisodiyot va sanoat sohalarida qator istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishish, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish imkonini berdi.

O‘zbekistonda iqtisodiyot sohasini izchil rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni muntazam kuzatib boraman. Buyuk Britaniya kompaniyalari O‘zbekiston taraqqiyotini bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlashda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishiga ishonaman.

– Sizningcha, O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik qanday samaralar bermoqda?

– Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mamlakatlarimiz o‘rtasida ta’lim va madaniyat sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, bu boradagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga faol hissa qo‘shmoqda. Uilyam Shekspir tavalludining 450-yilligi munosabati bilan “Hamlet” spektakli O‘zbekistonda britaniyalik ijodkorlar tomonidan namoyish etildi. O‘zbek Milliy akademik drama teatrida tashkil etilgan “Shekspir O‘zbekistonda”, britaniyalik rassom va haykaltarosh Genri Mur ko‘rgazmalari o‘zbekistonlik san’at muxlislarida katta qiziqish uyg‘otgani quvonarlidir.

Britaniya Kengashi Prezident Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Hamkorlikda o‘tkazilayotgan tadbirlar xalqlarimizni yanada yaqinlashtiradi, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni izchil rivojlantirishga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tobias Ellvud: O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligi ko‘plab sohalarda izchil rivojlanmoqda