Taʼziya
Adabiyot muxlislari taniqli yozuvchi Sobir O‘narni kamtar, jo‘mard, hoksor ijodkor, milliy ruh bilan yo‘g‘rilgan asarlar muallifi sifatida qadrlar edilar.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli adib Sobir O‘nar 58 yoshida vafot etdi.
Sobir O‘nar 1964 yil 25 fevralda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani Quvkalla qishlog‘ida tug‘ilgan edi.
1986 yilda Toshkent Davlat universitetida (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning
jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Sobir O‘narning ilk hikoyasi — «Kunsuluvning xatlari» edi. Shundan so‘ng yozuvchining «Orzuga to‘la qishloq», «Ovloq adirlar bag‘rida», «Chashma», «Kunsuluvning sirli xatlari» hikoyalar to‘plamlari nashr etilgan.
Sobir O‘nar qoraqalpoq adibi X.Tojimurodovning «Ov hangomalari» hamda turk yozuvchisi Bakir Yulduzning «Karbalo fojiasi» qissasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan edi.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi jamoasi adibning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi.
O‘zA