Yangi Toşkentda qad rostlayotgan Milliy kutubxona umummilliy kitobxonlik harakatining maʼrifiy tayançi böladi
Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar markazida inson qadri, uning maʼnaviy va intellektual kamoloti mujassam.
Bu jarayonda kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, mutolaani jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylantiriş va uni umummilliy harakat darajasiga olib çiqiş strategik ahamiyat kasb etmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi tegişli qarori bilan 2026–2030-yillarda aholining kitobxonlik darajasini, yaʼni bir kişi mutolaa qiladigan kitoblar sonini yiliga örtaça 10 taga yetkaziş vazifasi davlat siyosati darajasiga kötarildi.
Uşbu tizimli islohotlarning mantiqiy davomi sifatida 2026-yil 22-may kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantiriş böyiça umummilliy harakatga rasman start berildi. Mazkur taşabbus mutolaani keng ommalaştiriş, ayniqsa, yoş avlodning kitobga bölgan qiziqişini oşiriş, kitobxonlik madaniyatini jamiyat hayotining muhim qadriyatiga aylantirişdek ezgu maqsadlarni özida mujassam etgan.
Bugun kitob öqiş şunçaki böş vaqtni mazmunli ötkaziş vositasi emas, balki zamonaviy insonning intellektual ehtiyoji, maʼnaviy kamoloti va hayotiy muvaffaqiyatining muhim omiliga aylanmoqda. Jamiyatda mutolaaga bölgan intilişning kuçayişi, kitobxonlikning yuksak ijtimoiy qadriyat sifatida qaror topişi Yangi Özbekistonda keçayotgan maʼrifiy islohotlarning amaliy ifodasidir.
Mustaqilligimizning 35 yillik şonli sanasi arafasida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev özining tantanali nutqida taʼkidlaganidek, «Xalq va davlat yagona maqsad yölida birlaşib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bölmaydigan marraning özi yöq». Uşbu daʼvat zamirida ajdodlarimizning davlatçilik anʼanalari, boy maʼnaviy merosi va sobitqadam taraqqiyot yölimiz mujassam.
Ana şu ezgu maqsadlar va maʼrifiy islohotlarning amaliy ifodasi sifatida Yangi Toşkentda barpo etilgan Milliy kutubxonaning yangi binosi Uçinçi Renessans poydevorini mustahkamlaşga xizmat qiluvçi muhtaşam ziyo maskaniga aylanmoqda. Zero, tarixga nazar taşlasak, har bir yuksaliş va Renessans davri zamirida, avvalo, kutubxonalar, ilm-fan va maʼrifat markazlari turganini köramiz.

Ajdodlarimiz, buyuk hukmdorlarimiz qaysi manzilda ilm dargohlarini barpo etgan bölsalar, öşa yerda maʼnaviyat yuksalgan, ilm-fan va bilimlar rivojlangan, dunyoni hayratga solgan kaşfiyotlar yaratilgan. Sohibqiron Amir Temur bobomizning «Qudratimizga şubha qilsangiz, biz qurdirgan imoratlarga boqing», degan hikmatli sözlari barçamizga yaxşi maʼlum. Yangi Toşkentda qad rostlagan uşbu muazzam koşona ham ana şu azaliy daʼvatning zamonaviy ifodasidir. U yurtimizda kitobga, ilmga va maʼrifatga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning yorqin namunasidir.
Yangi Toşkentda 30 ming kvadrat metr maydonni egallagan Milliy kutubxonaning yangi binosi hududning muhim intellektual markaziga aylandi. Majmua bir vaqtning özida 1 420 nafar kitobxonga xizmat körsatiş, 1,5 million nusxa adabiyotdan iborat boy fondni zamonaviy talablar asosida saqlaş imkoniyatiga ega.
Bugungi kunda anʼanaviy mutolaa madaniyatini raqamli imkoniyatlar bilan uyğunlaştiriş intellektual taraqqiyotning muhim şartlaridan biri hisoblanadi. Raqamli transformatsiya şaroitida kutubxonalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimlari va sunʼiy intellekt imkoniyatlariga tayanadigan zamonaviy intellektual markazlarga aylanmoqda. Yangi Milliy kutubxonada «Library 4.0» konsepsiyasining joriy etilişi ham aynan şunday innovatsion axborot muhitini şakllantirişga qaratilgan.
Loyihaning asosiy afzalligi faqat zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni joriy etişda emas, balki kutubxona faoliyatining barça bosqiçlarini yagona raqamli ekotizimga birlaştirişdadir. Kitobxonning kutubxonaga kirişidan tortib, adabiyotni izlaş, tanlaş, buyurtma qiliş, oliş va qaytarişgaça bölgan jarayonlarni raqamlaştiriş orqali xizmat körsatişning tezkorligi va qulayligi taʼminlanadi. One ID, QR-kod, Face ID va NFC texnologiyalari asosida foydalanuvçilarni identifikatsiya qiliş, ularga xizmat körsatiş jarayonlarini avtomatlaştiriş közda tutilgan. Bu orqali ortiqça byurokratik jarayonlar va kutiş vaqtlari qisqartirilib, kitobxonlarga mustaqil va tezkor xizmat körsatiş imkoniyati yaratiladi.
Majmuaning eng muhim innovatsion yeçimlaridan biri kitob fondi logistikasini avtomatlaştirişdir. Xususan, zamonaviy telelift tizimi orqali buyurtma qilingan adabiyotlarni saqlaş joyidan tegişli qavatlar va xizmat körsatiş hududlariga avtomatik yetkazib beriş, qaytarilgan kitoblarni qabul qiliş va saralaş jarayonlarini tezkor taşkil etiş imkoniyati yaratiladi. Bu esa kitob fondlarini boşqarişda inson omilini kamaytiriş, vaqt va mehnat resurslaridan samarali foydalanişga xizmat qiladi.
Kitob fondlarini asrab-avaylaş va samarali boşqarişda Xitoydan keltirilgan, xalqaro standartlarga javob beradigan maxsus aqlli stellajlar tizimi alohida örin tutadi. Ularni qölda, kompyuter orqali yoki töliq avtomatlaştirilgan tarzda boşqariş imkoniyati nazarda tutilgan. Mazkur yeçim saqlovxona maydonlaridan oqilona foydalaniş va adabiyotlarni yetkazib beriş jarayonlarini yagona tizimga integratsiya qiliş imkonini beradi.
Şuningdek, RFID texnologiyalari, aqlli javonlar va robotlaştirilgan inventarizatsiya tizimi kitob fondining holati va tarkibini nazorat qiliş, adabiyotlarni tezkor aniqlaş hamda hisobini yuritiş samaradorligini oşiradi. Natijada kutubxona xodimlarining kundalik jismoniy mehnat yuklamasi kamayib, ularning vaqt va salohiyati kitobxonlarga sifatli xizmat körsatişga yönaltiriladi.
Loyihaning yana bir ustuvor yönalişi sunʼiy intellekt imkoniyatlarini kutubxona faoliyatining barça jarayonlariga keng tatbiq etişdir. «AI Librarian», interaktiv ekranlar, raqamli yordamçilar va infokiosklar orqali kitobxonlarga axborot izlaş, zarur adabiyotlarni topiş, kutubxona hududida yönaliş oliş hamda şaxsiy qiziqişlariga mos adabiyotlar böyiça tavsiyalar oliş imkoniyati yaratiladi.
Bino böylab harakatlanuvçi robot-kutubxonaçilar va intellektual infokiosk-botlar kitobxonlarning savollariga real vaqt rejimida javob beriş, ularni tegişli zallar va xizmat körsatiş hududlariga yönaltirişga xizmat qiladi. Maşinali örganiş modellari esa kitobxonlar talab va qiziqişlarini tahlil qiliş orqali adabiyotlarga bölgan ehtiyojni aniqlaş, kitob fondini şakllantiriş, yangi naşrlarni xarid qiliş va joylaştiriş böyiça maqbul qarorlar qabul qilişga kömaklaşadi.
Sunʼiy intellekt texnologiyalari fondlarni tizimlaştiriş va kataloglaştiriş jarayonlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning yordamida bibliografik tavsiflarni şakllantiriş, adabiyotlarni tegişli mavzular böyiça tasniflaş va elektron katalogga kiritiş jarayonlarini tezlaştiriş, inson omili bilan boğliq xatolarni kamaytiriş mumkin. OCR texnologiyasi bosma manbalarni raqamlaştiriş va ulardagi matnlarni elektron şaklga ötkazişda muhim vosita bölib xizmat qiladi.
Foydalanuvçilar uçun elektron kataloglarda ovozli sörovlarni matnga aylantiriş, tabiiy tildagi savollar asosida axborot izlaş hamda kitobxonlarning qiziqişlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda şaxsiy tavsiyalar beriş tizimlarini joriy etiş ham nazarda tutilgan. Bulutli infratuzilma esa yirik hajmdagi elektron resurslarni saqlaş, ulardan uzluksiz va keng kölamda foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ayniqsa, ilmiy işlar, dissertatsiyalar va elektron maʼlumotlar bazalari bilan işlaşda sunʼiy intellekt vositalaridan foydalaniş alohida ahamiyatga ega. Bu texnologiyalar katta hajmdagi axborotni saralaş, tegişli manbalarni aniqlaş, maʼlumotlarni taqqoslaş va tahlil qiliş jarayonlarini sezilarli darajada tezlaştiriş imkonini beradi. Natijada tadqiqotçilar, talabalar va ilmiy xodimlar uçun sifatli axborot resurslaridan foydalaniş imkoniyatlari yanada kengayadi.
Kutubxona faoliyatida sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş muallif, naşriyot, kutubxona va kitobxon örtasidagi munosabatlarni ham sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqadi. Axborot resurslariga bölgan real ehtiyojni çuqur tahlil qiliş orqali kutubxona fondlarini eng talabgir va zarur adabiyotlar bilan boyitiş, öz navbatida, naşriyotlar faoliyatini ham kitobxonlar ehtiyojlariga muvofiq yönaltiriş imkoniyati paydo böladi. Bu esa kitob yaratişdan tortib, uning kitobxonga yetib borişigaça bölgan butun jarayonning samaradorligini oşiradi.
Yangi binoda kutubxonaning anʼanaviy vazifalari bilan bir qatorda innovatsion taʼlim, ijodkorlik va amaliy könikmalarni rivojlantiriş uçun ham alohida muhit şakllantirilgan. VR/AR texnologiyalari, 3D printerlar, 3D skanerlar va robototexnika töplamlari bilan jihozlangan laboratoriyalar yoşlarning muhandislik, dasturlaş, texnik ijodkorlik va kreativ fikrlaş könikmalarini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Bolalar kutubxonasi, multimedia hududlari, noyob naşrlar saqlanadigan bölimlar va kitob tarixiga bağişlangan interfaol muzeylar esa majmuaning taʼlimiy va madaniy ahamiyatini yanada oşiradi. Şu tariqa kutubxona nafaqat mutolaa va axborot oliş, balki bilim, madaniyat, ijodkorlik va innovatsiyalar uyğunlaşgan köp funksiyali makon sifatida namoyon böladi.
Barça mazkur yeçimlarning samaradorligi ularning yagona integratsiyalaşgan boşqaruv platformasi orqali özaro boğlangani bilan belgilanadi. Bunda RFID va telelift modullari, fondni avtomatik saralaş, foydalanuvçilarni identifikatsiya qiliş, elektron kataloglar, şaxsiy tavsiya algoritmlari va sunʼiy intellekt xizmatlari alohida-alohida tizimlar sifatida emas, balki yagona raqamli kutubxona ekotizimining özaro uyğun funksional qismlari sifatida işlaydi.
Bunday kompleks yondaşuv kutubxona faoliyatining barça yönalişlarini yagona boşqaruv mexanizmiga birlaştiriş, resurslardan oqilona foydalaniş, xizmatlar sifatini oşiriş va kitobxonlar uçun qulay intellektual muhit yaratiş imkonini beradi.
Xulosa qilib aytganda, Yangi Toşkentdagi Milliy kutubxonaning eng muhim öziga xos jihati zamonaviy texnologiyalarni şunçaki bir binoda jamlaş emas, balki ularni yagona raqamli boşqaruv, avtomatlaştirilgan logistika, intellektual xizmatlar va innovatsion taʼlim muhitiga birlaştirişga qaratilgan kompleks yondaşuvdir.
Milliy kutubxonaning yangi binosi anʼanaviy kutubxona modelidan zamonaviy intellektual axborot markaziga ötişning muhim namunasidir. «Library 4.0» konsepsiyasi asosida yölga qöyilayotgan uşbu tizim kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, ilm-fan va taʼlimni qöllab-quvvatlaş, yoş avlodning intellektual salohiyatini rivojlantiriş hamda mamlakatimizning raqamli va maʼrifiy taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Eng muhimi, uşbu muazzam ziyo maskani Yangi Özbekistonning zamonaviy ilmiy, maʼrifiy va intellektual qiyofasini namoyon etib, Uçinçi Renessans poydevorini mustahkamlaşga munosib hissa qöşadi.
Umida Teşaboyeva,
Özbekiston Milliy kutubxonasi direktori.
ÖzA