Kitobxonlik madaniyati va raqamli kutubxona imkoniyatlari
Bugungi axborot asrida kitob va mutolaaning inson tafakkuri, maʼnaviy dunyosi hamda jamiyat taraqqiyotidagi örni yanada ortib bormoqda. Zero, zamonaviy texnologiyalar qançalik rivojlanmasin, kitob insonni mustaqil fikrlaşga, bilim olişga va dunyoqaraşini kengaytirişga undaydigan muhim maʼnaviy manba bölib qolaveradi.
Şu bois mamlakatimizda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, aholining, ayniqsa, yoşlarning mutolaaga qiziqişini oşiriş, axborot-kutubxona muassasalarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada kutubxonalarni nafaqat kitob saqlanadigan maskan, balki bilim, maʼrifat, axborot va innovatsiyalar markaziga aylantiriş muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Ayni maqsadlarga xizmat qiluvçi “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi oldidan Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi.
Unda joriy yilning 16–20-noyabr kunlari taşkil etiladigan haftalik dasturi, uning mazmun-mohiyati va asosiy yönalişlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Taʼkidlanganidek, haftalik doirasida ilmiy konferensiyalar, seminar-treninglar, kitob taqdimotlari, ijodiy uçraşuvlar hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan. Uşbu tadbirlarda axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari, olimlar, ijodkorlar, yoşlar va keng kitobxonlar jamoatçiligining iştiroki közda tutilgan.
Matbuot anjumanida mamlakatimizda axborot-kutubxona sohasini rivojlantiriş, muassasalar faoliyatiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etiş, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalaniş hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida ham söz yuritildi.

Ayniqsa, bugungi kunda kutubxonalar faoliyatini raqamlaştiriş, elektron axborot resurslarini köpaytiriş va foydalanuvçilarga masofadan turib xizmat körsatiş imkoniyatlarini kengaytiriş sohaning yangi taraqqiyot bosqiçini belgilamoqda. Bunday yondaşuv kitobxonlarga zarur adabiyot va maʼlumotlardan tezkor foydalaniş, kutubxona xizmatlarini yanada qulaylaştiriş bilan birga, mutolaa imkoniyatlarini ham kengaytiradi.
Zero, zamonaviy kutubxona bugun faqat kitob olib öqiladigan joy emas. U insonning intellektual salohiyatini oşiradigan, ilmiy izlanişlar va ijodiy taşabbuslarni qöllab-quvvatlaydigan, yoşlarni ezgu ğoyalar atrofida birlaştiradigan maʼrifiy maskandir.
Anjuman davomida ommaviy axborot vositalari vakillari özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, şuningdek, axborot-kutubxona xizmati sifatini oşiriş, kitobxonlar auditoriyasini kengaytiriş va sohani yanada rivojlantirişga oid taklif-mulohazalarini bildirdilar.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri