Tahlil: Özbekiston korxonalari xalqaro atom energetikasi bozoriga çiqa oladimi?
Atom elektr stansiyasi qurilişi Özbekiston sanoati uçun nafaqat yirik buyurtmalar, balki xalqaro atom energetikasi bozoriga kiriş imkoniyatini ham yaratişi mumkin. Biroq buning uçun mahalliy korxonalar quriliş jarayonida iştirok etişning özi bilan çeklanib qolmasdan, xalqaro standartlar, xavfsizlik talablari va xorijiy buyurtmaçilar şartlariga javob bera oladigan salohiyatni şakllantirişi zarur.
Ayniqsa, uzoq muddatli şartnomalarga ega böliş va turli mamlakatlardagi loyihalarda işlaş imkoniyatiga erişiş muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu masalalar joriy yilning 12-13-noyabr kunlari Antaliya şahrida ötkazilgan "World Atomic Days" xalqaro forumi doirasidagi AES qurilişida milliy sanoat iştirokini muhokama qilişga bağişlangan sessiyada ham kötarildi.
Jahon yadro assotsiatsiyasining (WNA) energetika va iqlim böyiça dasturlar rahbari Jonatan Kobb mahalliy pudratçilarni atom energetikasi loyihalariga oldindan tayyorlaş zarurligini taʼkidladi. Uning fikriça, milliy korxonalar quriliş-montaj va muhandislik işlari, uskunalar yetkazib beriş hamda logistika yönalişlarida iştirok etişi mumkin. Buning uçun turli mamlakatlardagi texnik standartlar va xarid talablarini özaro yaqinlaştiriş muhim. Bunday yondaşuv zarur malakaga ega kompaniyalarga bir neçta mamlakatdagi atom loyihalarida qatnaşiş imkonini berişi mumkin.
Mahalliy sanoatni rivojlantirişning yangi bosqiçi
Özbekistonda uşbu yönalişda muayyan qadamlar taşlanmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev sentabr oyida birinçi AES qurilişida mahalliy mahsulotlar uluşini kamida 30 foizga yetkaziş vazifasini belgilagan edi. Şuningdek, Foriş tumanida 200 gektar maydonda "Atom-Sanoat" sanoat klasterini taşkil etiş loyihasi maʼqullangan. Unda xorijiy texnologiyalar asosida qöşma işlab çiqarişni rivojlantiriş rejalaştirilgan.
Bu taşabbuslar mahalliy korxonalarning yangi texnologiyalarni özlaştirişi va atom sanoati talablari asosida işlaş tajribasini töplaşi uçun muhim imkoniyat. Biroq masalaning yana bir jihati bor: bitta AES qurilişi doirasidagi buyurtmalar korxonalarning uzoq muddatli rivojlanişini taʼminlaş uçun yetarli bölmasligi mumkin.
Şu sababli mahalliy işlab çiqaruvçilarning istiqbolini faqat içki loyihadagi iştiroki bilan baholaş töğri emas. Ularning xalqaro bozordagi örni tarmoq standartlariga muvofiqligi, boşqa buyurtmaçilar talablarini bajara olişi va uzoq muddatli şartnomalar tuziş salohiyatiga ham boğliq. Demak, mahalliylaştirişning muhim natijasi nafaqat içki ehtiyojni qoplaş, balki raqobatbardoş işlab çiqarişni şakllantiriş bölişi kerak.
Barqaror taʼminot zanjirlari - asosiy şartlardan biri
AES qurilişi bilan boğliq yana bir muhim masala şuki, yirik loyihalar yakunlanganidan keyin ham mahalliy sanoatning işlab çiqariş imkoniyatlarini saqlab qoliş. Bu haqda “World Atomic Days” forumining plenar sessiyasida BRIKS atom energiyasi platformasi boş koordinatori Elzi Pule ham fikr bildirdi.
U Janubiy Afrika tajribasini misol qilib, ayrim xorijiy taşkilotlar yirik loyihalarni yakunlab, mamlakatni tark etganidan keyin özlari bilan birga taʼminot imkoniyatlarini ham olib ketganini taʼkidladi. Şu bilan birga, "Rosatom" iştirokidagi loyihalarda boşqaça yondaşuvni kuzatayotganini qayd etdi.
Xalqaro taʼminot barqarorligi masalasi 13-noyabr kuni bölib ötgan BRIKS atom energiyasi platformasining yillik konferensiyasida ham muhokama qilindi. Unda yirik quvvatli AESlar uçun barqaror taʼminot zanjirlarini şakllantirişda BRIKS mamlakatlari hamkorligiga bağişlangan tadqiqot taqdim etildi. Konferensiyada Özbekiston va Qozoğiston taşkilotlari vakillari ham iştirok etdi.
Qurilişdan keyingi istiqbol: milliy sanoatning xalqaro salohiyati
Atom elektr stansiyasini ilk bor barpo etayotgan mamlakatlar uçun vazifa faqat qurilişni yakunlaşdan iborat emas. Texnologik hamkorlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni yölga qöyiş, milliy mutaxassislarni tayyorlaş, muhandislik va işlab çiqariş salohiyatini rivojlantiriş ham muhim. Çunki stansiya işga tuşirilganidan keyin ham uskunalar yetkazib beriş, texnik xizmat körsatiş va boşqa yönalişlarda ehtiyoj saqlanib qoladi.
Şu nuqtai nazardan, Özbekistonda AES qurilişi mahalliy korxonalar uçun xalqaro atom energetikasi bozoriga çiqiş yölida muhim tajriba maktabi bölişi mumkin. Ammo bu imkoniyat öz-özidan röyobga çiqmaydi. Buning uçun işlab çiqarişni modernizatsiya qiliş, xalqaro xavfsizlik va sifat talablarini özlaştiriş, malakali kadrlar tayyorlaş hamda xorijiy buyurtmaçilar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yölga qöyiş zarur.
Xulosa qilib aytganda, birinçi AES qurilişining sanoat uçun ahamiyati faqat mahalliy mahsulotlar uluşi bilan emas, balki uşbu jarayon milliy korxonalarning kelgusida xalqaro loyihalarda iştirok etişi uçun qanday zamin yaratişi bilan ham belgilanadi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA