Savdo, sanoat va IT: xorijiy korxonalar qaysi sohalarda köproq faoliyat olib bormoqda?
Bugungi kunda Özbekistonda köplab xorijiy kompaniyalar va korxonalar faoliyat yuritmoqda. Xöş, ular qaysi soha va yönalişlarda iş olib bormoqda?
2026-yil 1-noyabr holatiga köra, Özbekistonda xorijiy investitsiyalar iştirokidagi 23 ming 501 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Uşbu korxonalar iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, jumladan, asosiy va muhim sohalarda öz faoliyatini olib bormoqda.
Xususan, savdo sohasida 8 ming 473 ta, sanoatda 4 ming 493 ta, axborot va aloqa sohasida 1 ming 991 ta, qurilişda 1 ming 955 ta, yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlar sohasida 1 ming 21 ta korxona faoliyat körsatmoqda.
Şuningdek, taşiş va saqlaş sohasida 742 ta, qişloq, örmon va baliqçilik xöjaligida 603 ta, soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş sohasida 277 ta korxona iş olib bormoqda. Qolgan 3 ming 946 ta korxona esa iqtisodiyotning boşqa tarmoqlariga töğri keladi.
Statistik maʼlumotlardan xulosa qiliş mumkinki, bu raqamlar zamirida mamlakatimizda investitsiyalar va xorijiy sarmoyalarning erkin faoliyat yuritişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar mujassam. Sönggi yillarda esa bunday imkoniyatlar yanada kengayib bormoqda.
Hamroz Bayonov,
ÖzA