Eng yaxşi sarmoya taʼlimga yönaltirilgan investitsiyadir
Samarqand şahrida Özbekistonda barqaror taʼlim krediti mexanizmlarini şakllantiriş masalalariga bağişlangan xalqaro davra suhbati taşkil etildi.
Oliy va professional taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, amaldagi taʼlim kreditlari mexanizmining samaradorligi va moliyaviy barqarorligini tahlil qiliş, şuningdek, xalqaro tajribani Özbekiston şaroitiga moslaştiriş imkoniyatlarini muhokama qiliş maqsadida ötkazilayotgan muloqotda Özbekiston iqtisodiyot va moliya vazirligi, taʼlim va ilm-fan vazirligi, raqamli texnologiyalar vazirligi masʼullari, Jahon banki va boşqa xalqaro moliyaviy institutlar vakillari, xorijiy universitetlar va taʼlimni moliyalaştiriş sohasidagi ekspertlar iştirok etdi.
Tadbir avvalida Özbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Otabek Fozilkarimov, Jahon bankining taʼlim va könikmalar yönalişi rahbari Tobi Linden Özbekiston taʼlim tizimida qöllanilayotgan kredit mexanizmlari va ularning moliyaviy barqarorligi, Jahon banki bilan hamkorlik amalga oşiriladigan “EduImkon” dasturi haqida söz yuritdilar.

– Özbekistonda keyingi yillarda taʼlim sohasini rivojlantiriş, oliy taʼlim oliş imkoniyatini kengaytiriş va inson kapitaliga investitsiyalarni oşiriş davlat siyosatining asosiy yönalişlaridan biriga aylandi, – dedi Otabek Fozilkarimov. – Davlatimiz rahbarining 2019-yil 8-oktabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan oliy taʼlim tizimini 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi bu boradagi işlarning muhim dasturiga aylandi. Konsepsiyada mamlakatimizda oliy taʼlimga qamrov darajasini 50 foizdan oşiriş, taʼlim sifatini yuksaltiriş va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş vazifalari belgilab berilgan. Bugungi natijalar uşbu yönalişda izçil işlar olib borilayotganini körsatmoqda. Xususan, ayni paytda mamlakatimizdagi 205 ta oliy taʼlim muassasasida 1 million 830 ming nafar talaba tahsil olmoqda va ötgan yilga nisbatan talabalar soni 160 ming nafarga köpaydi. Qamrov darajasi 45 foizga yetdi. Ötgan yil 700 mingdan ortiq talabaning tahsil olişi uçun ularga banklar tomonidan kreditlar ajratilgan. Jumladan, davlat tomonidan berilgan imtiyozlar tufayli 543 ming nafar xotin-qiz talabalar imtiyozli kreditlardan foydalangan. Joriy öquv yilida ham hozirgaça 62 mingdan ortiq talabaga 1 trillion 75 milliard söm taʼlim krediti ajratilgan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uçun alohida qöllab-quvvatlaş mexanizmlari joriy etilmoqda va joriy yilda buning uçun davlat byudjetidan 2 trillion söm mablağ yönaltirilişi belgilangan. Yuqoridagi körsatkiçlar davlatimiz tomonidan yoşlarning taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratilayotganini körsatadi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan Edulmakon loyihasi haqida ham töxtalib, bu orqali mamlakatimiz oliy va professional taʼlim muassasalari talabalarini moliyalaştiriş tizimi modernizatsiya qilinişini taʼkidladi. Jahon banki loyiha uçun 250 million AQŞ dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratgan. Şuningdek, dastur doirasida qöşimça 30 million dollar xususiy kapital jalb qiliş közda tutilgan. Dastur 2026-2028-yillar davomida Respublika iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 12 ta tijorat banki iştirokida amalga oşiriladi. Loyiha orqali mamlakat böylab 600 ming nafar oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kasb-hunar maktablari talabalarining taʼlim kreditlaridan foydalaniş imkoniyati kengaytiriladi. Loyiha Özbekiston tarixida ilk bor Jahon bankining “Natijalarga asoslangan dastur» (Program-for-Results — PforR) vositasi orqali moliyalaştirilmoqda, yaʼni mablağlar aniq belgilangan natijalarga erişilişiga qarab ajratiladi.

– Biz mazkur loyihani amalga oşiriş doirasida Özbekiston iqtisodiyot va moliya vazirligi, taʼlim, raqamli texnologiyalar vazirliklari bilan faol hamkorlikda işlayapmiz, – deydi Jahon bankining taʼlim va könikmalar yönalişi rahbari Tobi Linden. – Uşbu jarayonda şunga amin böldikki, Özbekistonda yoşlarning sifatli taʼlim olişi, kasb-hunar örganişiga juda katta eʼtibor qaratilmoqda, moliyaviy resurslar safarbar etilgan. Va bu juda töğri yöl. Çunki eng yaxşi investitsiya taʼlimga, yoşlarga kiritilgan investitsiya hisoblanadi. Bu kelajakda nafaqat yoşlarning jamiyatda öz örnini topişiga, balki davlat taraqqiyotiga, iqtisodiy imkoniyatlari oşişiga xizmat qiladi. Men mazkur tadbirda qatnaşiş uçun Samarqandga kelganimda Mirzo Uluğbek rasadxonasini borib kördim. U yerda uç jihat mening eʼtiborimni tortdi, yaʼni Samarqandda ötmişda ham turli ölkalardan yetuk olimlar kelib, ilmiy-tadqiqot bilan şuğullangan. Ikkinçisi – Samarqand markaz sifatida ilm-fan yangiliklariga beşik bölgan, öz davrining ixtirolari yaratilgan. Va uçinçi jihat bu zaminda tajriba töplangan, salohiyat bor. Men işonaman, öşa salohiyat hozirgi avlodda ham bor va uni yuzaga çiqariş kerak. Bizning loyihamiz şu maqsadga qaratilgan.
Davra suhbati doirasida Özbekistondagi amaldagi taʼlim kreditlari tizimining qamrovi, kredit şartlari, imtiyozlar, ariza beriş va mablağ ajratiş jarayonlari, şuningdek, banklar hamda talabalarning bu boradagi tajribasi körib çiqildi. Muhokamalarda tizimni takomillaştirişning moliyaviy va institutsional jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Xalqaro ekspertlar tomonidan Avstraliya, Buyuk Britaniya va boşqa mamlakatlarda qöllanilayotgan taʼlimni moliyalaştiriş modellari taqdim etildi. Jumladan, Avstraliyaning HECS tajribasi hamda daromadga boğliq taʼlim kreditlari — Income-Contingent Loans (ICL) mexanizmining imkoniyatlari muhokama markazida böldi.
ICL modelini Özbekiston şaroitida qöllaş imkoniyatlarini baholaş jarayonida kreditni qaytariş çegarasi va stavkalari, foiz yoki indeksatsiya mexanizmlari, bitiruvçilarning işga joylaşişi va daromadlari, norasmiy bandlik, subsidiyalar hamda davlat byudjetiga tuşadigan ehtimoliy yuklama kabi omillar tahlil qilindi. Şuningdek, bunday modelni joriy etiş uçun zarur maʼlumotlar bazasi va huquqiy-institutsional şartlar yuzasidan fikr almaşildi.
[gallery-32623]
Taʼlim kreditlari tizimining raqamli infratuzilmasini rivojlantiriş ham davra suhbati kun tartibidan örin olgan. Xususan, ariza qabul qiliş, mablağ ajratiş va kreditlarni qaytariş jarayonlarini raqamlaştiriş, daromad töğrisidagi maʼlumotlardan foydalaniş, soliq va bandlik tizimlari bilan maʼlumot almaşinuvi, şuningdek, tölovlarni hisoblaş va undiriş jarayonida idoralar vakolatlarini aniq belgilaş masalalari körib çiqildi.
Muhokamalarning muhim yönalişlaridan biri taʼlim kreditlari tizimida ijtimoiy inklyuziya va maqsadli qöllab-quvvatlaş tamoyillarini taʼminlaşdir. Bunda turli ijtimoiy guruhlar uçun taʼlimdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş bilan birga, davlat resurslarining manzilli va samarali yönaltirilişiga eʼtibor qaratildi.
Ikki kunlik davra suhbati yakunida muhokamalar natijalarini umumlaştiriş, Özbekiston şaroitiga mos islohot variantlarini taqqoslaş, ustuvor yönalişlar va keyingi amaliy qadamlarni belgilaş nazarda tutilgan. Şuningdek, taʼlim kreditlari mexanizmini takomillaştiriş böyiça takliflar, zarur maʼlumotlar va institutsional vazifalarni qamrab oluvçi «yöl xaritasi» asoslari işlab çiqiladi.
Ğolib Hasanov, Alişer Isroilov (surat), ÖzA muxbirlari