Sohil futboli. Özbekiston bugun Saudiya Arabistoniga qarşi öynaydi
Bahs Tailandning Phang Nga şahridagi «Memories Beach Arena»da Toşkent vaqti bilan soat 16:30 da boşlanadi.
Bugun, 23-noyabr kuni, sohil futboli böyiça Özbekiston terma jamoasi Osiyo kubogining «C» guruhidagi sönggi uçraşuvini ötkazadi. Saudiya Arabistoniga qarşi bahs Tailandning Phang Nga şahridagi «Memories Beach Arena»da Toşkent vaqti bilan soat 16:30 da boşlanadi.
Terma jamoamiz birinçi turda Ömonga 0:9, ikkinçi turda esa Birlaşgan Arab Amirliklariga 1:3 hisobida yutqazdi. BAAga qarşi bahsda Mamaşarif Xalimov jarima zarbasidan gol urdi. Saudiya Arabistoni esa ilk turda BAAni penaltilar seriyasida yengdi, keyingi öyinda Ömonga 3:6 hisobida mağlub böldi.
Ikki turdan söng guruhda Ömon 6 oçko bilan peshqadam. BAAda 3, Saudiya Arabistonida 1 oçko bor. Özbekiston oçkosiz törtinçi örinda. Bugungi ğalaba vakillarimizga Saudiya Arabistonidan özib, kamida uçinçi örinni egallaş imkonini beradi. Çorak finalga har bir guruhdan ikki jamoa hamda uçinçi örin sohiblari orasidan eng yaxşi ikki terma jamoa yöl oladi.