Amputantlar futboli. Özbekiston Urugvayni penaltilarda yengib, jahon çempionatida 17-örinni egalladi
Guruh bosqiçida Urugvayga 0:1 hisobida yutqazgan terma jamoamiz bu safar raqibidan ustun keldi.
22-noyabr kuni Meksikaning San-Xuan-de-los-Lagos şahrida amputantlar futboli böyiça jahon çempionatining 17-örin uçun bahsi bölib ötdi. Özbekiston va Urugvay örtasidagi uçraşuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida terma jamoamiz 5:4 hisobida ğalaba qozondi.
Qudrat Xudoyqulov birinçi daqiqadayoq Özbekistonni oldinga olib çiqdi. 10-daqiqada Uluğbek Toşpölatovning avtogolidan söng hisob tenglaşdi. Bahs oxirigaça boshqa gol urilmadi va 17-örin sohibi penaltilar seriyasida aniqlandi.
Guruh bosqiçida Urugvayga 0:1 hisobida yutqazgan terma jamoamiz bu safar raqibidan ustun keldi. Özbekiston 17-örin uçun bahsga qadar Germaniyani penaltilarda 3:2, Iroqni esa Aziz Abdurahmonovning dubli evaziga 2:0 hisobida yenggan edi.