Mirşohid Tillaboyev World Boxing vitse-prezidenti etib saylandi
U 2026-yildan Asian Boxing taşkilotining Sport va musobaqalar komissiyasiga ham raislik qilib kelmoqda.
Özbekiston boks federatsiyasi boş kotibi Mirşohid Tillaboyev xalqaro World Boxing taşkilotining vitse-prezidenti etib saylandi. Saylov 20-noyabr kuni Panama-Siti şahrida ötkazilgan taşkilot kongressida bölib ötdi. Bu haqda World Boxing rasmiy sayti xabar berdi.
Ovoz berişda 95 ta milliy federatsiya vakillari qatnaşgan. Mirşohid Tillaboyev saylovda raqiblariga nisbatan katta ustunlik bilan ğalaba qozongan.
Kongressda ikkita vitse-prezidentlik lavozimi uçun saylov ötkazildi. Tillaboyev bilan birga Gruziya vakili Mariami Dundua ham mazkur lavozimga saylandi. Şuningdek, ijroiya qömitasining ikki a’zosi hamda uçta sohaviy qömita raisi aniqlangan.
Tillaboyev saylovdan keyingi bayonotida milliy federatsiyalarga işonç uçun minnatdorlik bildirdi. U boksning Olimpiya kelajagini himoya qiliş, janglarda adolat va qarorlarda şaffoflikni ta’minlaş, şuningdek, milliy federatsiyalarni qöllab-quvvatlaşni öz faoliyatining ustuvor yönalişlari sifatida qayd etdi.
Mirşohid Tillaboyev 2022-yildan buyon Özbekiston boks federatsiyasi boş kotibi sifatida faoliyat yuritadi. U 2026-yildan Asian Boxing taşkilotining Sport va musobaqalar komissiyasiga ham raislik qilib kelmoqda.