Özbekiston World Sailing taşkilotining tölaqonli a’zosiga aylandi
Mazkur qaror Xitoyning Sindao şahrida taşkil etilgan World Sailing Boş assambleyasida qabul qilindi.
Özbekiston yelkanli sport federatsiyasi xalqaro maydonda muhim e’tirofga sazovor böldi. Endilikda mamlakatimiz Butunjahon yelkanli sport federatsiyasi — World Sailing taşkilotining tölaqonli a’zosi hisoblanadi.
Mazkur qaror Xitoyning Sindao şahrida taşkil etilgan World Sailing Boş assambleyasida qabul qilindi. Yiğilişda bir qator mamlakatlarning xalqaro federatsiyaga a’zolik masalasi ovozga qöyildi.
Ovoz beriş yakunlariga köra, iştirokçilarning 95,08 foizi Özbekiston yelkanli sport federatsiyasining tölaqonli a’zoligini qöllab-quvvatladi.
Uşbu qaror mamlakatimizda yelkanli sportni rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi. Xususan, milliy federatsiya endilikda World Sailing tomonidan amalga oşiriladigan xalqaro rivojlaniş dasturlaridan foydalaniş huquqiga ega böladi.
Bundan taşqari, özbekistonlik sportçilar uçun Olimpiya öyinlariga yöllanma beruvçi saralaş musobaqalarida qatnaşiş imkoniyati ham oçildi.