Simone Inzagi: "Neftçi" "Al-Hilol"ga jiddiy muammolar tuğdirişi mumkin
Osiyo Çempionlar ligasi Elit bosqiçining 5-turidan örin olgan uçraşuv oldidan taşkil etilgan matbuot anjumanida Inzagi bilan birga saudiyaliklar yarim himoyaçisi Muhammad Kanno ham iştirok etdi.
Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi boş murabbiyi Simone Inzagi Farğonada "Neftçi"ga qarşi keçadigan uçraşuv oson bölmasligini ta’kidladi. Italiyalik mutaxassis mezbonlarning imkoniyatlarini yuqori baholab, jamoasi muhim bahsga jiddiy tayyorgarlik körganini bildirdi.
Osiyo Çempionlar ligasi Elit bosqiçining 5-turidan örin olgan uçraşuv oldidan taşkil etilgan matbuot anjumanida Inzagi bilan birga saudiyaliklar yarim himoyaçisi Muhammad Kanno ham iştirok etdi.
Inzagi "Neftçi"ning avvalgi öyinlariga baho berdi
"Al-Hilol" ustozi Farğona klubining "Al-Ittihod" va "Al-Nassr"ga qarşi bahslarini kuzatganini aytdi. Uning fikriça, "Neftçi" har ikkala uçraşuvda ham körsatgan öyini bilan mağlubiyatdan yaxşiroq natijaga loyiq bölgan.
"Raqibimizni batafsil örgandik. "Neftçi" yaxşi şakllangan, kuçli jamoa. Ular "Al-Ittihod" va "Al-Nassr"ga qarşi yuqori saviyadagi öyinlarni ötkazdi. Şu sababli Farğonadagi uçraşuvga puxta hozirlik kördik", dedi Inzagi.
Italiyalik mutaxassis Özbekiston futboli haqida ham iliq fikr bildirdi. U ötgan mavsum Qarşida "Nasaf" ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi ğalabani eslab, öşa bellaşuv saudiyaliklar uçun murakkab keçganini ta’kidladi.
Şuningdek, Inzagi "Neftçi" va "Paxtakor"ning joriy mavsumdagi xalqaro iştirokini e’tirof etdi. Özbekiston milliy terma jamoasining Fabio Kannavaro boşçiligidagi rivojlanişiga ham ijobiy baho berdi.
"Al-Hilol" tarkibida özgarişlar bölişi mumkin
Matbuot anjumanida mehmonlarning Farğonaga optimal tarkib bilan tuşişi masalasi ham muhokama qilindi.
Inzagi ayrim futbolçilar milliy terma jamoalar yiğinidan jismoniy muammolar bilan qaytganini ma’lum qildi. Xususan, Mahzariy va Mandaş Riyodda qolgan.
Murabbiyning tuşuntirişiça, asosiy tarkib bugungi maşğulotdan keyin futbolçilarning holati va tayyorgarlik darajasidan kelib çiqib aniqlanadi.
"Köplab futbolçilarimiz milliy terma jamoalar safida ikkita yuqori şiddatli uçraşuvda qatnaşdi. Endi ularning jismoniy holati va çarçoq darajasini hisobga olişimiz zarur. Asosiy tarkibni murabbiylar ştabi bilan maslahatlaşib tanlaymiz", dedi u.
Şu tariqa, "Al-Hilol"ning 20 kundan ortiq vaqt davomida klub miqyosida uçraşuv ötkazmagani futbolçilarning barçasi öyin amaliyotisiz qolganini anglatmaydi.
Inzagi Özbekistondagi safar öyinlari nega qiyin keçişini tuşuntirdi
Saudiya Arabistoni klublari öz maydonida erişadigan ustunlikni safar bahslarida takrorlaşga qiynalişi haqidagi savolga ham italiyalik mutaxassis javob berdi.
Uning fikriça, bu holat Osiyo futbolidagi raqobatning yuqoriligi hamda mezbon jamoalarning öz stadionidagi qulayliklari bilan boğliq.
"Yevropada ham, Osiyoda ham safarda ğalaba qozoniş oson emas. Bu yerda kuçli jamoalar köp. Saudiya Arabistoni çempionati ham, Osiyo Çempionlar ligasi ham yuqori saviyada taşkil etiladi", dedi Inzagi.
Murabbiy "Al-Hilol"ning öz maydonidagi natijalarida muxlislarning qöllab-quvvatlaşi muhim ahamiyatga egaligini ham qayd etdi.
Muhammad Kanno Özbekiston bilan öyinni esladi
"Al-Hilol" yarim himoyaçisi Muhammad Kanno ham Farğona klubiga qarşi bahs katta mas’uliyat talab qilişini bildirdi.
Yaqinda Saudiya Arabistoni terma jamoasi safida Özbekistonga qarşi maydonga tuşgan futbolçi ikki jamoaning öyin uslublarini soliştiriş haqidagi savolga javob berdi.
Kannoning fikriça, "Neftçi" ham, Özbekiston milliy terma jamoasi ham kuçli raqiblar sirasiga kiradi. Biroq klub va terma jamoaning taktik yondaşuvlari sezilarli farq qiladi.
Saudiya Arabistoni futbolçisi Özbekistonga qarşi uçraşuvdagi qizil kartoçka jamoasining vazifasini murakkablaştirganini ham esladi.
"Biz "Neftçi"ning öyinlarini örgandik. Bu kuçli va munosib raqib. Murabbiyimiz belgilagan taktik körsatmalarga amal qilib, "Al-Hilol" nomiga mos saviyada öynaşga harakat qilamiz", dedi Kanno.