"Persepolis"ning yirik ğalabasida Sergeyev bosh qahramonga aylandi
Tehronliklar 21-noyabr kuni "Kia" akademiyasining kattalar jamoasiga qarşi nazorat bahsini ötkazib, 7:0 hisobida yirik ğalabaga erişdi.
Eronning "Persepolis" klubida faoliyat yuritayotgan Özbekiston milliy terma jamoasi hujumçisi Igor Sergeyev örtöqlik uçraşuvida özining sermahsul öyini bilan ajralib turdi.
Tehronliklar 21-noyabr kuni "Kia" akademiyasining kattalar jamoasiga qarşi nazorat bahsini ötkazib, 7:0 hisobida yirik ğalabaga erişdi.
"Persepolis"ning yettita golidan uçtasiga hamyurtimiz Igor Sergeyev mualliflik qildi. Şuningdek, Muhammadrizo Mirşafi'yon, Amirhusayn Mahmudiy, Muhammadhusayn Sodiqiy va Yosin Salmoniy ham raqib darvozasini işğol etdi.
E'tiborli jihati, mazkur uçraşuv Eron çempionati doirasida emas, balki örtöqlik maqomida ötkazildi. "Persepolis" bir kun avval mamlakat birinçiligining 13-turida "Paykon"ni 3:0 hisobida mağlub etgan edi. Öşa bahsda Sergeev zaxirada qolib, maydonga tuşmagandi.
"Paykon"ga qarşi öyinni asosiy tarkibda ötkazgan futbolçilar esa "Kia" bilan nazorat uçraşuvi oldidan tiklaniş maşğulotlarida qatnaşdi.
Ma'lumot uçun, "Kia" akademiyasi Eron terma jamoasi va Germaniyaning "Hamburg" klubi sobiq futbolçisi Mehdi Mahdavikiyaga tegişli.
Hozirda "Persepolis" Eron çempionatida 13 uçraşuvdan söng 26 oçko jamğargan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.