Raqibining yuziga töp otgan Messi nega maydondan çetlatilmadi?
Hodisa birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda yuz bergan.
"Inter Mayami"ning MLS pley-off bosqiçida "Kolambus Kryu"ga qarşi ötkazgan uçraşuvida Lionel Messi iştirokidagi bahsli vaziyat muhokamalarga sabab böldi.
0:3 hisobida yakunlangan bellaşuvning boş hakami Allen Çepmen argentinalik hujumçini qizil kartoçka bilan jazolamaganiga izoh berdi.
Hodisa birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda yuz bergan. Messi yon çiziqdan töpni kuç bilan raqib futbolçisi Gonsalo Tapianing yuziga otgan. Vaziyatdan söng hakam har ikki futbolçini sariq kartoçka bilan ogohlantirgan.
The Daily Star naşrining xabar berişiça, Çepmen argentinalik futbolçining harakatini maydondan çetlatişga asos böladigan darajada qöpol deb hisoblamagan.
"Qöllanilgan kuç unçalik katta emasdi. Mazkur holat zöravonlik xatti-harakati sifatida baholanişi uçun yetarli darajaga yetmadi", dedi referi.
E’tiborlisi, uşbu vaziyat yuz bergan paytda "Inter Mayami" 0:1 hisobida ortda borayotgan va bir futbolçisi kam bölib harakatlanayotgan edi.
Yakunida Messi jamoasi "Kolambus Kryu"ga 0:3 hisobida mağlub böldi.