Joze Mourinyu: «Tibo Kurtua — dunyoning eng yaxşi darvozaboni»
Hozir Kurtua saviyasiga yaqin darvozabonni körmayapman.
Madridning «Real» klubi boş murabbiyi Joze Mourinyu Tibo Kurtuani dunyoning eng yaxşi darvozaboni deb atadi. Portugaliyalik mutaxassisning fikriça, belgiyalik posbon bir neça yildan beri bu borada tengsiz.
«Darvozabonlardan faqat Lev Yaşin “Oltin töp”ni qölga kiritgan. Odamlar hujumkor futbolçilarni köproq qadrlaydi. Kurtua bir neça yildan beri dunyoning eng yaxşi darvozaboni ekaniga şubham yöq. Noyer faoliyatini yakunlaş arafasida. Hozir Kurtua saviyasiga yaqin darvozabonni körmayapman», — dedi Mourinyu.
Murabbiy Andrey Luninning öyinini ham yuqori baholab, u köproq maydonga tuşişga loyiq ekanini aytdi.