Samarqandliklar "Muxlislar maydoni"da
Mamlakatimiz tarixida ilk bor futbol bo‘yicha terma jamoamiz Jahon chempionatida ishtirokini boshladi.
Guruh bosqichining ilk turida Kolumbiya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqqan jamoamizni butun mamlakat bir tanu bir jon bo‘lib qo‘llab-quvvatlamoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan jamoamizni munosib qo‘llash maqsadida "Muxlislar maydoni" tashkil qilindi.
[gallery-30001]
– O‘zbekiston terma jamoasining dunyoning eng kuchli 48 terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etayotganligi qalbimizni faxrga to‘ldiradi, – deydi Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.b. Rustam Yo‘ldoshev. – Buning nechog‘lik yuksak sharaf ekanligini davlatimiz rahbari ham alohida ta’kidlaganlar. Buni davlat tashkilotlarida bugun ish vaqti soat 10:00 dan boshlanishini e’lon qilganliklaridan ham bilish mumkin. Bunday tarixiy voqea barchamizni birdamlikka chorlaydi. Shu maqsadda tizim xodimlari birga bir joyda, bir bayroq ostida birlashib jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqdamiz.
G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA