JCH-2026: Angliya va Gana o‘z guruhida peshqadamga aylandi
Futbol bo‘yicha XXIII Jahon chempionatining "L" guruhida 1-tur o‘yinlari yakunlandi. Ikkinchi turda bahslar shiddatli o‘tadi.
Futbol bo‘yicha XXIII Jahon chempionatining “L” guruhida 1-tur uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Unda Angliya - Xorvatiya, Gana - Panama terma jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas shtati Arlington shahridagi «AT&T» stadionida o‘tgan Angliya – Xorvatiya bahsi 4:2 hisobida o‘z yakuniga yetgan bo‘lsa, Kanadaning Toronto shahrida joylashgan “BMO Field” o‘yingohida Gana 1:0 hisobida Panama terma jamoasi ustidan zafar quchdi.
Natijada, Angliya va Gana terma jamoalari 3 ochkoga ega bo‘lgan holda guruh peshqadamiga aylandi. Xorvatiya va Panama esa ochkosiz 3-4-o‘rinda qoldi. 23-iyun kuni “L” guruhida 2-tur o‘yinlari start oladi. Unda guruh yetakchilari va quyi pog‘onadan joy olgan jamoalar o‘zaro kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA