Polvonlarga omad, hakamlarga adolat, muxlislarga unutilmas taassurot tilandi
Termiz şahrida buyuk alloma Al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bağişlangan “Mardlar maydoni” şiori ostida ötkazilayotgan xalqaro kuraş turnirining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
Prezidentimizning joriy yil 24-iyuldagi “Buyuk vatandoşimiz, hadis va tasavvuf ilmining yetuk namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qaroriga muvofiq ötkazilayotgan sport bayramiga çorlov musiqasi yangradi. Maydonga oçiq turnirda qatnaşayotgan davlatlar polvonlari taklif etildi.

Marosimda Surxondaryo viloyat hokimi Uluğbek Qosimov mamlakatimizda sportni, şu jumladan, kuraşni rivojlantirişga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, yoşlarni soğlom va irodali etib tarbiyalaş yölida körsatilayotgan ğamxörliklar haqida atrofliça söz yuritdi. Barçani buyuk vatandoşimiz Hakim Termiziy tavalludining 1200-yilligiga bağişlangan “Mardlar maydoni” şiori ostida ötayotgan xalqaro kuraş oçiq turniri bilan tabrikladi. Polvonlarga omad, hakamlarga adolat, muxlislarga unutilmas taassurot tiladi.

Termiz şahrida öttiz uç yildan buyon Hakim Termiziy xotirasiga bağişlab ötkazilgan mardlar bellaşuvi çin maʼnodagi sport bayramiga aylangan. Dunyo kuraşçilarini halollik, mardlik, bukilmas iroda, intizom kabi fazilatlar atrofida birlaştirgan. Tinç, osuda hayot va farovon turmuşni tarannum etgan. Köplab kuragi yerga tegmagan botir yigitlarni kaşf etgan. Ayni paytda mamlakatimizda milliy kuraşni Yevropa, Afrika va Panamerika qitʼaviy öyinlari dasturiga, 2028-yilgaça Olimpiya öyinlari dasturiga kiritiş yuzasidan tegişli işlar olib borilmoqda.
Alpomişlar yurtida kuraşni dunyoga tanitişda Örol Törayev, marhum Erali Mahmarasulov, Toştemir Muhammadiyev, Rustam Ergaşev, Abdulla Tangriyev, Maxtumquli Mahmudov, Akobir Qurbonov, Bahrom Avazov, Samijon Ubaydullayev kabi afsonaviy polvonlarning alohida xizmati bor. Ularning zafarli anʼanalarini yoş polvonlarimiz ğalabalari bilan munosib davom ettirmoqda. Masalan, şu yil noyabrda Ostonada ötkazilgan XV jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi 9 ta oltin, 3 ta kumuş va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinçi örinni egalladi. Yaponiyaning Aiçi–Nagoya şahrida ötkazilgan XX yozgi Osiyo öyinlarida Şohruxxon Baxtiyorov va Ibodatxon Agojonova oltin medalga sazovor böldi.

Xalqaro turnirda yigirmaga yaqin xorijiy davlatdan 60 dan ortiq polvon, murabbiy, hakam va rasmiy vakillar iştirok etmoqda.

Tantanali marosim sanʼatkorlarning qiziqarli konsert dasturi bilan yakunlandi.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri