Dzyudo böyiça yoşlar örtasidagi jahon çempionatining tantanali oçiliş marosimi ötkazildi
Poytaxtimizda dzyudo böyiça yoşlar örtasidagi jahon çempionati davom etmoqda. Bugun, 21-noyabr kuni "Olimpiya şaharçasi"da uşbu nufuzli musobaqaning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tantanali tadbirda Özbekiston sport vaziri Adham Ikromov, Milliy Olimpiya qömitasi raisi örinbosari Otabek Umarov, Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer, hamda mamlakatimiz dzyudo federatsiyasi rahbari Aziz Komilov iştirok etdi.
Marosim avvalida musobaqada iştirok etayotgan davlatlar bayroqlari tantanali ravişda olib çiqildi. Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Milliy sanʼat va madaniyatimizni namoyon etgan çiqişlar tadbirga özgaça fayz bağişladi.
Marosimda sport vaziri Adham Ikromov va Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer sözga çiqib, Özbekistonning ilk bor yoşlar örtasidagi jahon çempionatiga mezbonlik qilayotgani, musobaqaga tayyorgarlik işlari yuqori saviyada taşkil etilganini alohida taʼkidladi. Şuningdek, bu mamlakatimizda sport, jumladan, dzyudo sportiga davlat rahbari tomonidan qaratilayotgan yuksak eʼtibor va qöllab-quvvatlaşning amaliy ifodasi ekani qayd etildi.


Taʼkidlaş lozimki, avvalroq Iordaniya poytaxti Ammon şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan yoşlar örtasidagi jahon çempionati mintaqadagi vaziyat bilan boğliq xavfsizlik va taşkiliy masalalar sabab Toşkentga köçirildi. 2026-yil 22-aprel kuni Xalqaro dzyudo federatsiyasi Özbekistonni musobaqaning yangi mezboni sifatida eʼlon qildi.
Bunday qaror qabul qilinişida Özbekiston dzyudo federatsiyasining taşabbusi, mamlakatimizda yirik xalqaro musobaqalarni ötkaziş uçun yaratilgan şaroitlar va davlat tomonidan sportga qaratilayotgan eʼtibor muhim örin tutdi. Natijada Toşkent jahonning 78 ta davlatidan kelgan yoş dzyudoçilarni bir maydonda jamlagan nufuzli musobaqaga mezbonlik qilmoqda.
Sönggi yillarda mamlakatimizda dzyudo sportini rivojlantiriş va ommalaştiriş, iqtidorli yoşlarni aniqlaş hamda ularni professional sportga yönaltirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada zamonaviy sport inşootlari barpo etilib, ixtisoslaşgan taʼlim muassasalari faoliyati yölga qöyilmoqda, murabbiylar salohiyatini oşiriş va yoş dzyudoçilarning xalqaro musobaqalarda iştirok etişi uçun imkoniyatlar kengaytirilmoqda.
Oçiliş marosimidan söng kun dasturidan örin olgan hal qiluvçi bellaşuvlar ötkazildi. Unda Özbekiston terma jamoasining +100 kilogramm vazn toifasidagi vakili Fazliddin Rafiqov bronza medali uçun keçgan bahsda turkiyalik Mahmutjan Madenni mağlub etib, jahon çempionatining sovrindoriga aylandi.
Şu tariqa, terma jamoamiz yakkalik bellaşuvlarini bittadan oltin, kumuş va bronza medallari bilan yakunladi.
Eslatib ötamiz, Toşkent mezbonlik qilayotgan jahon çempionatida 78 ta mamlakatdan 574 nafar dzyudoçi iştirok etmoqda. Ertaga musobaqaning sönggi kuni aralaş jamoaviy bellaşuvlar ötkaziladi.
Javohir Toşxöjayev,
Sarvar Örmonov (surat),
ÖzA