Xalqaro turnir ğoliblari maʼlum böldi
Termiz şahrida buyuk alloma Hakim Termiziy xotirasiga bağişlab “Mardlar maydoni” şiori ostida ötkazilgan xalqaro oçiq kuraş turniri yakunlandi.
Prezidentimizning joriy yil 24-iyuldagi “Buyuk vatandoşimiz, hadis va tasavvuf ilmining yetuk namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida taşkil etilgan turnirda sayyoramizning 20 ga yaqin davlatidan qariyb oltmiş nafar, mamlakatimizdan yuz nafar polvon gilamga tuşib, özaro kuç sinaşdi.

Qizğin bellaşuvlarga boy bölgan turnirda -73 kilogramm vazn toifasida birinçi örinni surxondaryolik Javohir Ahmedov, ikkinçi örinni Tojikiston Respublikasidan Umar Şerov, ikkita uçinçi örinni surxondaryolik Davlat Egamov va Qozoğiston Respublikasidan Nur Amanşukurov egalladi.

Oçiq turnirning -81 kilogramm vazn toifasida birinçi örin surxondaryolik Ibrohim Qurbonnazarovga, ikkinçi örin Qozoğiston Respublikasidan Yerzat Argyunovga, ikkita uçinçi örin qaşqadaryolik Muhammadöst Eşdavlatov va Tojikiston Respublikasidan Sayfiddin Sayfiddinzodaga nasib etdi.

Mutloq vazn toifasida birinçi örinni surxondaryolik polvon Muhammadkarim Xurramov, ikkinçi örinni sirdaryolik Xusniddin Xusanov va ikkita uçinçi örinni toşkentlik Bekmurod Oltiboyev hamda Gruziya Respublikasidan Giorgi Çagelişvili qölga kiritdi.

Ğoliblar diplom, medal va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri