Misrda para dzyudoçilarimiz beşta medalni qölga kiritdi
Misrning Iskandariya şahrida para dzyudo böyiça IBSA Gran-pri musobaqasi davom etmoqda.
Musobaqaning birinçi kunida Özbekiston terma jamoasi vakillari ikki oltin, bir kumuş va ikki bronza medaliga sazovor böldi.
Gran-pri bellaşuvlarining J2 klassi böyiça −70 kilogramm vazn toifasida Kemran Nurillayev hamda −60 kilogramm vazn toifasida Kumuşxon Xöjayeva oltin medalni qölga kiritdi. Şohrux Mamedov J1 tasnifining −81 kilogramm vazn toifasida kumuş medal bilan taqdirlandi. Şuningdek, J2 yönalişida Şerzod Namozov, J1 toifasida Bonu Boboyeva öz vazn toifalarida musobaqa bronza medallariga ega çiqdi.
Özbekiston terma jamoasi musobaqaning keyingi kunlarida ham medallar uçun kuraşni davom ettiradi.
Javohir Toşxöjayev, ÖzA